Evropa Ligasi 2020/21. “Rostov”ning 3-saralash bosqichidagi raqibi qaysi jamoa bo'ladi?
01 sen 2020 19:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589993_original.jpg)
![](/upload/storage/589993_220.jpg)
Evropa Ligasi 2020/21. “Rostov”ning 3-saralash bosqichidagi raqibi qaysi jamoa bo'ladi?
Evropa Ligasi 2020/21 yilgi mavsumining 2- hamda 3-saralash bosqichlariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, “Rostov”ning 3-raunddagi ehtimoliy raqibi “Kayrat” (Qozog'iston), “Makkabi” (Xayfa, Isroil) yoki “Jeleznichar” (Bosniya va Gercegovina) bo'ladi. Valeriy Karpin shogirdlari o'z uchrashuvini 24 sentyabr kuni o'z maydonida o'tkazadi.
SHuningdek, SHohboz Umarovning bo'lajak jamoasi BATE 2-raundda Bolgariyaning CSKA (Sofiya) klubi bilan bahslashadi. Unda g'alaba qozongan jamoa esa keyingi bosqichda "B-36 Torsxavn" (Farer orollari) - "Nyu-Seynts" (Uels) juftligi g'olibiga qarshi to'qnash keladi.
Eslatib o'tamiz, 2- va 3-saralash bosqichi o'yinlari 17 hamda 24 sentyabr kunlariga rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar