So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Evrokuboklardan keyingi kurash: A Seriya 5-tur prevyusi Yangiliklar

Evrokuboklardan keyingi kurash: A Seriya 5-tur prevyusi

Bugun Italiyada navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Yuventus" - "Krotone"

"Krotone" bilan o'tgan omadsiz o'yindan keyin amaldagi chempion g'alaba qozonib, muxlislarini xursand qilishga urinadi. Aks holda, Pirloning "kursisi" qimirlay boshlashi ham hech gap emas. SHu o'rinda "Yuventus"da kadrlar muammosi ham yo'q emasligini qayd etish lozim. Koronavirusdan qutila olmayotgan Ronaldudan tashqari, Aleks Sandro, De Ligt, Kellini va Makkeni aniq bu o'yinda maydonga tushmaydi. O'tgan turda qizil kartochka olgan Kezani eslatmasak ham bo'lar. Umumiy olib qaraganda, "Verona"dagi vaziyat undanda yomon. Futbolchilarning bir qismi koronavirusga topshirilgan test natijalari kutayotgan bo'lsa, virussiz ham jamoasiga yordam bera olmaydiganlar mavjud. Bunday holatda yosh "mastif"lar imkoniyatga ega bo'ladilar.

Oxirgi o'zaro o'yin "Verona" foydasiga hal bo'lgan bo'lsa-da, bukmekerlar "keksa sinora"ni bo'lajak bellashuvning yaqqol favoriti sifatida ko'rmoqda. "Krotone"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin hazillar tugadi va mezbonlar jamoada hech qanday muammo yo'qligi hamda bu mavsum ham bosh sovrin uchun asosiy nomzod ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi. Pirloning rejalari amalga oshadigan bo'lsa, "Verona" ochko haqida orzu qilishi qiyin bo'ladi.


"Jenoa" - "Inter"

"Jenoa"ning bir qator futbolchilari esa aksincha sog'ayib safga qaytishdi. Ko'ramiz, deyarli optimal tarkib qo'l ostida bo'lganida murabbiy Eldorni asosiy tarkibga qo'yarmikan?! "Inter"da yo'qotishlar bor: Xakimi va Sanches milanliklarga yordam berolmaydi, lekin Bastoni va Nainggolan qaytishi kutilmoqda. Agar test natijalari ko'ngildagidek chiqsa, SHkrinyar va Yangni ham ko'rishimiz mumkin. Umuman olganda, "neradzurri"da variantlar bor va etakchilarning salomatligini xavf ostida qoldirishga hojat yo'q, ammo himoya markazi qo'pol xatolarga yo'l qo'ymoqda va nimadir qilmasa bo'lmaydiganga o'xshaydi.

"Inter" chempionatni anchayin omadsiz boshladi. ECHL 1-turi doirasida "Borussiya" bilan so'nggi daqiqalarda qo'lga kiritilgan durang ham maqtanishga arzigulik natija emas. Ammo bu juftlikda aynan "neradzurri" favorit hisoblanadi. Klub ko'pchilikning bu yil aynan "Inter" Skudetto uchun chinakamiga kurashishi va balki uni qo'lga kiritishi haqidagi fikri noto'g'ri emasligini isbotlashi lozim. SHunday ekan "grifonlar"ga oson bo'lmaydi. Biroq nima bo'lganda ham biz hamyurtimiz Eldor SHomurodovga va jamoasiga omad tilab qolamiz.


"Atalanta" - "Sampdoriya"

CHempionatning avvalgi uchrashuvida "Atalanta" kutilmaganda "Napoli"ga yirik 1–4 hisobida yutqazib qo'ydi. Hozir ham tarkibda muammolar bor, lekin zaxira o'rindig'i uzunligi rotaciyaga imkon qoldirmoqda. Lammers asosiy tarkibda Sapataning o'rnini egallasa kerak, unga Ilichich sherik bo'ladi. SHuningdek, Xateburning qaytishi kutilmoqda. Rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Miranchuk esa "Mityullan" darvozasiga urilgan ajoyib goldan keyin, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lsa kerak. Ranerida esa tarkib borasida umuman muammo yo'q va "Sampdoriya"ning kayfiyati ham alo darajada. Jamoa "Lacio"ni er tishlatdi va bemalol dam olib, A Seriyaning eng yaxshi hujum chizig'iga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rdi.

Oxirgi marta "Atalanta" "Sampdoriya"ni 2-0 hisobida mag'lub etgan. Bu safar ham bukmekerlarning fikricha "bergamoliklar" yaqqol favorit, lekin o'yindan avval "Lacio" ham favorit sifatida ko'rilgandi, natija esa yodingizda bo'lsa kerak. SHu sababli, Gasperini shogirdlariga oson bo'lmasa kerak. "Sampdoriya" zarbaga zarba bilan javob berishga urinishi aniq.


"Benevento" - "Napoli"

O'tgan turda "Benevento" "Roma"ga munosib qarshilik ko'rsatdi, ammo yakunda baribir yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Mezbonlarning himoyadagi o'yini butkul tartibsiz bo'lsa-da, neytral muxlisni ham beetibor qoldirmaydi. Katta ehtimol bilan Roberto Insine ham bo'lajak o'yinda maydonga tushadi. Unda o'ziga xos imkoniyat mavjud. Futbolchi A Seriya doirasida o'zining akasiga qarshi maydonga tushishi mumkin. Lorenco jarohatidan qutildi va jamoasiga yordam berishga tayyor. Elmas va Zelinski o'ynamasligi aniq. AZ bilan bo'lgan o'yindan keyin Gattuzo rotaciya ishlarini amalga oshirsa kerak, tarkib bunga imkon beradi. 

Oxirgi marta A Seriya doirasidagi bellashuvda "Napoli" "Beneveto"ni ushbu stadionda 2-0 hisobida mag'lub etgandi. Hozir ham bukmekerlar mehmonlar ortiqcha muammosiz 3 ochkoga ega chiqishini kutishmoqda. Tarkib borasidagi tafovut va "Benevento"ning himoyadagi bo'sh o'yini bunday raqibga qarshilik ko'rsata olmasa kerak. SHu o'rinda takidlash lozim, "Benevento"ning o'zi ham maydonni golsiz tark etgisi kelmasligi aniq. Bundan kelib chiqadiki, bizni ancha quvnoq va gollarga boy o'yin kutib turibdi.


"Milan" - "Roma"

Derbidagi g'alabadan keyin chempionat etakchisi 1-o'rinni saqlab qolishga urinadi. Pioli kuni-kecha CHalxanoglu va Rebichdan ayrildi va hech ham qarimaydigan Zlatanning yonida "Real"dan ijaraga olingan Braim Dias tushsa kerak. "Roma" ham Evropa Ligasida uchrashuv o'tkazdi va raqiblar bir xil holatda. Smolling hamon jarohatlangan, Facio-Kumbulla juftligi esa u qadar ishonchli o'yin ko'rsata olmayapti. Tarkib "Benevento" bilan o'yindagidan keskin farq qilmasa kerak, "jallorossi" etakchilari chindan yaxshi sport formasiga kirib olgan, bu ayniqsa hujum uchligiga taalluqli: Jeko, Pedro va Mxitaryan.

Oxirgi o'zaro o'yinda "Milan" 2-0 hisobida zafar quchgan. Bu safar ham aynan "rossoneri"ning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda. Jamoa ishonchli o'yin ko'rsatmoqda, mag'lubiyatsiz seriyani davom ettiryapti va haqli ravishda chempionatda etakchi bo'lib turibdi. Qo'shimchasiga "o'z uyingda devorlar ham yordam beradi" degan gap ham bekor aytilmagan. Nima bo'lganda ham ushbu bellashuv tur bezagi bo'lishi kutilmoqda. Har ikki jamoa yaxshi sport formasida va hujumkor futbolni xush ko'radi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика