So’nggi yangiliklar

23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  3 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  5 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  72 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  11 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  9 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  1 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0

"Evro-2020 kundaligi". F guruhidagi o'yinlar va 1-turdan keyingi holat haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". F guruhidagi o'yinlar va 1-turdan keyingi holat haqida

Evropa chempionatining barcha guruhlarida 1-tur uchrashuvlari o'tkazib bo'lindi.

15 iyunga belgilangan uchrashuvlardan F guruhidagi terma jamoalar ishtirokidagi o'yinlar o'rin olgan edi. Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlangan uchrashuvda Portugaliya — Vengriya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. 

Musobaqaning sobiq chempioni sifatida mazkur turnirga etib kelgan Portugaliya termasi ushbu o'yinda favoritlardan biri edi. O'yinning dastlabki daqiqalari ham portugallarning ustunligi bilan boshlandi. 5-daqiqada Diego Jota Vengriya darvozasiga zarba yo'lladi. Gulachi ushbu vaziyatda seyv qilib, jamoasining joniga oro kirdi. 19-daqiqada Ronaldu havodan kelayotgan to'pni bir urinishda darvozaga yo'lladi. Darvozabon Gulachi yana qutqardi. 40-daqiqada yana o'sha Gulachi katta sahnaga chiqdi. Vengriya posboni Jotaning zarbasini qaytarishga erishdi. 43-daqiqada Krishtianu Ronaldu gol urishga juda yaqin kelgan edi. Uning  3 metrdan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

1-bo'lim 0:0 hisobi bilan o'z nihoyasiga etdi.

O'yinning ikkinchi qismi ham Portugaliyaning ustunligi hamda Gulachining seyvlari bilan boshlandi. 48-daqiqada Pepening bosh bilan burchakka yo'naltirgan zarbasini Vengriya posboni bartaraf etdi. Mazkur bahsda birinchi Portugaliya darvozasi ishg'ol qilindi. Ammo vengriyaliklarning kiritgan goli offsaydan urilgan malum bo'ldi. 84-daqiqada Gafael Gerreyruning bergan zarbasi rekoshetga uchrab darvoza to'pidan joy oldi. Oradan 2 daqiqa o'tar-o'tmas Vengriya darvozasi tomon penalti qo'yildi. Ushbu vaziyatdan Krishtianu Ronaldu unumli foydalandi — 0:2. 

90+3 daqiqada yana Ronaldu gol urib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi. Portugaliya so'nggi daqiqada urilgan gollar evaziga 3 ochko egasiga aylandi. 

Statistik malumotlar: 

— Krishtianu Ronaldu Portulagiya terma jamoasi safida jami urgan gollari soni 106 taga etdi. U eronlik Ali Daiga etishiga yana 3 ta gol kerak;

— Pepe 38 yosh-u 109 kunligida maydonga tugib Portugaliya terma jamoasida Evropa chempionatida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi;

— Vengriya terma jamoasi Evropa chempionatida so'nggi 9 o'yindan atigi ikkitasida g'alaba qozongan;

— Portugaliya terma jamoasi Vengriyaga qarshi 14 o'yindan birortasida ham yutqazmagan (10 g'alaba, 4 durang);

— Portugaliyaning Vengriya bilan o'yinda asosiy tarkibda tushgan 11 futbolchidan oltitasi Evro-2016 g'olibi bo'lgan;

— Rafael Gereyruning goli Portugaliyaning Evropa chempionatlaridan 50-goli bo'ldi.

F guruhining ikkinchi uchrashuvi nafaqat kunning, balki guruh bosqichining markaziy uchrashuv — Germaniya hamda Franciya terma jamoalari o'rtasida kechdi. 

Dastlabki daqiqalardanoq ikki jamoa ham tashabbusni o'z qo'liga olishga harakat qila boshlashdi. Nemislar himoyada juda qattiq (jestkiy) o'yin ko'rsatib, franciyalik raqiblarini cho'chitishga urinishgan bo'lsa, franciyaliklar kombinaciyalar bilan oldinga o'tishga intilishdi. Uchrashuvdagi hisobni esa Franciya terma jamoasi germaniyalik futbolchining golidan keyin ochdi. O'ng qanotdan boshlangan hujumni Pogba qarama-qarshi qanotga ko'chirdi, Lyuka Ernandes esa bor kuchi bilan to'pni markaziy hududga yo'lladi, Xummels esa to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. 

Goldan so'ng har ikki terma jamoa ham hujumlar uyushtirib turishdi. Nemislar bir necha bor jarima zarbalarini ko'kka sovurishdi. SHu tariqa 1-bo'lim yakunlandi. 

O'yinning ikkinchi qismi ham ikki terma jamoaning hujumlari bilan boshlandi. 52-daqiqada Raboning chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib bergan zarbasini Noyer qaytara olmadi, ammo to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi. Oradan 2 daqiqa o'tiyu Gnabrida yaxshi imkoniyat hosil bo'ldi. Qanotdan uzatilgan ideal pasdan so'ng Serj to'pni darvozaga yo'llashga urindi, ammo zarbadan so'ng to'p darvozaning biroz yuqorisidan o'tib ketdi.

66-daqiqada Killian Mbappe Germaniya darvozasini ishg'ol qildi. Ammo yakunda mazkur gol offsayddan urilgani malum bo'ldi va hisobga olinmadi. 85-daqiqada yana bir bor Noyer darvozasi ishg'ol qilindi. Ammo keyinroq Karim Benzemaning urgan goli ham offsayddan urilgani malum bo'ldi. SHu tariqa Franciya g'alaba qozonib 3 ochkoga ega chiqdi. 

Statistik malumotlar: 

— Franciya Germaniyaga qarshi so'nggi 6 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi;

— Franciya so'nggi 5 o'yinda gol o'tkazmasdan g'alaba qozondi;

— Germaniya o'tgan Evropa chempionatining guruh bosqichida gol o'tkazmagan edi.

Mazkur guruhda 2-tur o'yinlari 19 iyun kuni bo'lib o'tadi. Soat 18:00 da Vengriya — Franciya uchrashuvi start olsa, 21:00 da Portugaliya — Germaniya terma jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

Evro-2020. 1-turdan keyin “A” guruhidagi holat  

Evro-2020. 1-turdan keyin “B” guruhidagi holat  

Evro-2020. 1-turdan keyin “C” guruhidagi holat  

Evro-2020. 1-turdan keyin “D” guruhidagi holat  

Evro-2020. 1-turdan keyin “E” guruhidagi holat  

Evro-2020. 1-turdan keyin “F” guruhidagi holat

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика