So’nggi yangiliklar

17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  0 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  2 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  7 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  7 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  18 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  11 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  17 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1

"2+1" qayd etgan hujumchi, tur golini urgan yosh xavbek, jamoasini muqarrar gollardan qutqargan darvozabon - Superligada 13-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"2+1" qayd etgan hujumchi, tur golini urgan yosh xavbek, jamoasini muqarrar gollardan qutqargan darvozabon - Superligada 13-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 13-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi darvozaboni – Shohruh Eshbo'taev ("Sho'rtan")

"Sho'rtan" bu tur G'uzorda "Surxon"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. Ushbu g'alaba qo'lga kiritilishida mezbonlar posboni Eshbo'taevning o'rni beqiyos. U uchrashuv mobaynida, ayniqsa, birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarda jamoasini gollardan asrab qoldi. Birga-bir vaziyat deysizmi, murakkab zarba deysizmi, hammasida qutqardi. Bahs davomida 8 ta seyv namoyish etganining o'zi barchasini anglatib turibdi. Shunday qilib, Shohruh Eshbo'taev Championat.asia talqinida 13-turining eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi murabbiyi – Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" ushbu turda Samarqandda "Dinamo" maydonida mehmon bo'ldi. Jamoa stadion to'la muxlislar qarshisida mezbonlarni yirik hisobda taslim etdi (3:0). Ilyos Zeytullaev Vadim Abramovning "Dinamo"sini ipidan ignasigacha o'rganib chiqqani yaqqol sezildi. Uning shogirdlari dastlabki daqiqalardanoq uchrashuvda dominantlik qilib, mehmondan 3 ochko olib ketishga astoydil harakat qildi va shunga yarasha niyatiga etdi. Shu tariqa, safarda musobaqa yuqori pog'onalarida borayotgan "Dinamo"ni mag'lub etgan Ilyos Zeytullaev Championat.asia talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng yaxshi futbolchisi – Temurxo'ja Abduxoliqov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu turda Samarqandda "Dinamo"ni taslim qildi (3:0). Uchrashuvda tajribali hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov har taraflama ajralib turdi va jamoasining barcha gollarida bevosita qatnashdi. U dublni rasmiylashtiribgina qolmay, uchinchi golga pas ham uzatdi. "Qaldirg'ochlar" sardori so'zsiz va hech bir so'rovnomasiz Championat.asia talqinida 13-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning eng chiroyli goli muallifi – Nosirjon Abdusalomov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu turda "Dinamo" maydonida zafar quchganidan xabaringiz bor. 47-daqiqada yosh yarim himoyachi Nosirjon Abdusalomov tomonidan kiritilgan to'p o'ziga xosligi bilan etiborni jalb qildi. Golda Abduxoliqov to'pni unga qulay tarzda yumalatib berdi, u esa chamasi 11 metrdan darvozaning o'ng tomonini nishonga oldi. Shunday qilib, 21 yoshli xavbek Abdusalomov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.



Reyting: -2   

Fikrlar

   
25 iyu 00:01:06
Job Ir
Энг чиройли гол масаласи анча хато булибди. Абдуходиковни голи хам бунда чиройли. Навбахордан Уиинбоевни голи хам чиройлирок эди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика