So’nggi yangiliklar

09:07Клопп Испания жамоасини бошқариши мумкин  0 08:35Ибрагимович 7 кишилик рамзий терма жамоасини тузди  5 07:59Аморим МЮда илк машғулотни ўтказди  2 07:21ЖЧ-2026 саралаш. Бугун терма жамоамиз муҳим учрашувда майдонга тушади  30 03:01Миллатлар лигасининг чорак финалига чиққан барча 8 жамоа номи маълум бўлди  1 02:55Миллатлар лигаси. Роналду иштирок этмаган баҳсда Португалия дуранг ўйнади  4 02:48Миллатлар лигаси. Испания сўнгги дақиқалардаги пенальти эвазига ғалаба қозонди  3 02:15АПЛнинг энг тез югурадиган футболчилари (ТОП 10)  2 01:35Бен Дэвис Сон ҳақидаги хазили учун дисквалификация Бентанкур ҳақида: "Бундай нарсаларга жиддий қараш кераклигини тушундик"  2 23:29Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувида ишлайди  2 23:01Алдервейрелд ваҳима касаллиги туфайли Бельгия терма жамоасини тарк этганини айтиб берди  2 21:09Аморимга трансферлар учун тен Хагга нисбатан камроқ пул беришади  3 20:45Эшитдик-да! "Нефтчи" икки мураббийга жавоб бермоқчи  11 20:31"Бавария" стадионидаги чим U15 жамоаси майдонига юбориляпти  7 20:28"Қизилқум"нинг икки футболчисига бир қатор клублар қизиқмоқда  2

"Everton"ning yana bir fiaskosi: Danjuma klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi va suratga tushdi, so'ngra esa "Tottenxem"ga yo'l oldi Yangiliklar

"Everton"ning yana bir fiaskosi: Danjuma klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi va suratga tushdi, so'ngra esa "Tottenxem"ga yo'l oldi

Uni ilib ketishdi.


"Everton"ning qiyinchiliklari davom etadi: klub xavfli hududga tushdi, dushanba kuni esa Frenk Lempardni istefoga chiqardi va zudlik bilan yangi murabbiy izlamoqda. Bundan yomoni bo'lmaydigandek tuyulgandi, ammo yangi yoqimsizlik seshanba kuniyoq ro'y berdi – to'laqonli kelishuvga erishilgan transfer barbod bo'ldi.

"Everton" "Vilyarreal"ning niderlandiyalik hujumchisi Arno Danjumaning o'tishi borasida kelishuvga erishdi. Sxema bo'yicha ham kelishuvga erishildi: xarid qilish huquqisiz yarim yillik ijara. Forvard dam olish kunlarida kerakli barcha tibbiy ko'riklardan o'tdi va hatto klub mediasi uchun suratga ham tushdi.

Arno shuningdek tvitterda klubini o'zgartirishiga ham shama qildi.



"Everton"ning Arno ijarasini dushanba yoki seshanba kuni elon qilishi kutilgan edi. Ammo, Danjuma seshanba kuni Londonga yo'l oldi – uni "Tottenxem" ilib ketdi. Ha, Liverpuldagi tibbiy ko'rikdan so'ng!

The Guardian niderlandiyalikni Angliya futbol associaciyasiga topshiriladigan qog'ozni to'ldirishdan bosh tortgani, uni "Everton"dagi noaniqlik qoniqtirmaganini yozdi.

Sky Sports qo'shimcha qildi: Danjuma oldinroq APLning 19-o'rindagi jamoasiga o'tishga rozilik bildirgani va qaerga ketayotganini juda yaxshi tushungan. U "Everton" sabab boshqa ko'plab yaxshi takliflarni rad etgan.

Demak, bunga katta ehtimol bilan Lempardning istefosi sabab bo'lgan: aynan Frenk Arnoning "Everton"ga transferiga turtki bergan deb hisoblanmoqda. "Tottenxem"dagi bosh insayderlarning xabar berishicha, o'yinchining agenti Lempardning istefosidan so'ng London klubiga chiqqan va hujumchining xizmatlarini taklif etgan.


Danjuma – "Vilyarreal"ning o'tgan yildagi yulduzi. Bu mavsumda esa muvaffaqiyatsiz o'ynadi va APLga qaytishni xohladi 

Danjuma o'tgan mavsum "Vilyarreal" etakchisi edi: Unai Emeri Arnoni toza forvard poziciyasiga o'tkazdi, niderlandiyalik esa barcha musobaqalarda 16ta gol urdi va klubning eng yaxshi to'purariga aylandi. Danjumaning ham katta yordami sabab kichik bir ispan shahri jamoasi CHempionlar ligasi yarim finaligacha bordi.



Bunday muvaffaqiyatlar fonida o'yinchiga top-klublar qiziqish bildirishdi. Bahordayoq hatto "Liverpul"ning qiziqishi haqida gaplar bo'ldi. Ammo, Arnoning joriy mavsumdagi ishlari unchalik zo'r emas: La Ligada faqatgina "Osasuna" darvozasiga dubl, yana ikkitadan gol Konferenciyalar ligasi va Ispaniya kubogida. Danjuma 2023 yil zaxiraga (chempionatda 1 daqiqa) mustahkam o'rnashdi.

Albatta, "Vilyarreal" Danjumaning sotuviga qiziqmoqda, ammo uni bir yarim yil oldin "Bornmut"dan 23,5 mln evro evaziga xarid qilishgan. Ispan klubi taxminan shuncha pulga uni sotishni xohlaydi. Qishda "Everton" va "Bornmut"ga qaytish variantlari paydo bo'ldi – futbolchining o'zi ham intervyusida Premer-ligada o'ynash xohishiga shama qildi. Liverpul klubi va Lempard qatiyatliroq ko'rinishdi.

"Everton"ga tezda hujumni kuchaytirish kerak edi – Dominik Kelvert-Lyuin va Nil Mope Premer-ligada atigi bittadan gol urishdi. Ammo, yakunda yangi hujumchi Danjuma bo'lmaydigan bo'ldi. Arno uchun "Tottenxem"da hujumning chap qanotida ham, markazida ham raqobatchilar etarli – Risharlison va Son Xyon Min (shuningdek Lukas Moura va Brayan Xil ham bor).

Ijtimoiy tarmoqlardagi "Everton" muxlislari hayratda: agar mavsumning qolgan qismida zaxirada o'tirsang, nega ijaraga ketish kerak?


"Everton" shuningdek bosh iqtidoridan ayrilishi mumkin – uni "Nyukasl" o'ziga og'dirmoqda


Biz "Everton"ning muammolaridan chetga chiqdik, ammo ular Danjumaning transferi bilan tugab qolgani yo'q. Yosh hujumchi Entoni Gordon uchun "Nyukasl" turibdi. "CHelsi" yozda "Everton" tarbiyalanuvchisi va liverpullik yigitcha uchun katta pul (+60 mln funt haqida gaplar bo'ldi) taklif qildi, ammo Gordon o'zining jonajon klubida qoldi.



Gordon hattoki muammoli mavsumda ham yomon o'ynamayapti: u Demaray Grey bilan klubning eng yaxshi to'purarligi maqomini bo'lishib turibdi (APLda 3tadan gol). Ammo, o'yinchi jahon chempionatidan keyin kasal bo'ldi va 2023 yil Premer-ligada atigi 21 daqiqa o'ynadi.

"Everton" muxlislari esa Entonidan baribir norozilar – ular yaqinda o'yindan so'ng futbolchining mashinasini o'rab olishdi va "Sen libosni kiyishga noloyiqsan" deb baqirishdi. Liverpullik yigitchaga mahalliy muxlislardan bunday narsalarni eshitish yoqimsiz bo'lgan bo'lsa kerak. Hattoki Lempard ham Gordonning yonini oldi – murabbiy muxlislardan bunday qilmaslikni so'radi.

Ammo, transfer oynasi ochilishi bilan Gordonning klubini o'zgartirishi mumkinligi haqida mish-mishlar chiqdi, bu esa hattoki qishki transferlardan pul kerak bo'lgan "Everton"ning manfaatlariga ham to'g'ri keladi. Ko'proq o'yinchiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda, garchi "CHelsi" hali ham maqsadidan qaytmagan bo'lsa-da. Klublar hali yosh o'yinchining narxi borasida kelishuvga erishishmadi, ammo Sky Sports 40 mln evro "Everton"ni qoniqtiradi deb hisoblamoqda.



Qizig'i, Danjuma Gordonning o'rnini to'g'ridan-to'g'ri egallashi mumkin edi, ammo yakunda Liverpulning "ko'k" jamoasi ikkisini ham yo'qotish xavfi ostida. Jeymi Karrager ham bir kun oldin "Everton"ni "mamlakatdagi eng yomon boshqariladigan klub" deb atagani bejiz emas.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика