"Everton" "Sautgempton" vingerini 50 mln evro evaziga sotib oldi
26 avg 2025 14:23
Yangiliklar
"Everton" "Sautgempton" vingerini 50 mln evro evaziga sotib oldi
"Sautgempton"ning yosh vingeri Tayler Dibling klubdagi ro'yxatini rasman o'zgartirdi va "Everton" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
"Irislar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, 19 yoshli angliyalik futbolchi mersisaydliklar bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. "Everton" rahbariyati "avliyolar"ga Dibling uchun taxminan 50 mln evro to'lagan.
Aytish joiz, bungacha yosh futbolchiga "Liverpul" va "Manchester Yunayted"dan qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Tayler Dibling "Sautgempton" tarkibida Angliya chempionatida 33 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 6 ta sariq kartochka olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar