Eshitdik-da: Xomyakov faoliyatini Superliganing boshqa klubida davom ettiradi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2020, 10:44
“Andijon” klubining endilikdagi sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov Superliganing boshqa klubida ish boshlashi kutilmoqda.

Rossiyalik mutaxassis bir necha yillar davomida Muborakning “Mashal” klubida faoliyat yuritgan, keyinchalik joriy mavsumdan “Andijon” bilan shartnoma tuzgan edi.

Superliganing 3-turidan keyin “Navbahor”ga qarshi bellashuvdan keyingi matbuot anjumani rossiyalik mutaxassis jamoa bilan xayrlashish niyatida ekanligini aytib o'tgandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Xomyakovning xizmatlariga Superliganing bir qator klublari qiziqmoqda. Ular orasida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ham bor. Ayni paytda Superliga uchrashuvlari noma'lum muddatga qoldirilgan. 4-tur bahslari oldidan Xomyakov Superliganing boshqa bir klubida ish boshlashi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia