Eshitdik-da! “Surxon” futbol klubi ustidan yana bir legioner futbolchi FIFAga arz qildi
09 iyu 2021 16:36
Yangiliklar
Eshitdik-da! “Surxon” futbol klubi ustidan yana bir legioner futbolchi FIFAga arz qildi
Bu qaror nechog'li to'g'ri bo'lganini quyidagi holat ham ko'rsatib berishi mumkin.
“Surxon” klubi yaqindagina Vladimir Bubanya ishi bo'yicha jazoga tortilib, oxir-oqibat futbolchiga bir necha ming dollar to'lab berishga majbur bo'lgandi. Endi Darko Stanoevich FIFAga arz qildi. Malum bo'lishicha, klub 2020 yilning avgust oyidan boshlab noyabr oyi so'ngiga qadar futbolchining ish haqini bermagan. Bunda gap taxminan 40 ming dollar atrofida bormoqda.
Klub bu ishni qanday hal qilishi aniq emas. Biroq “Surxon” futbol klubi suniy ravishda Superligaga qaytganidan buyon biror aytarli ish qilmagani barchaga malum. Klub o'tgan vaqt davomida nafaqat akademiyasini tashkil qilmadi, balki qator futbolchilar haqlarini bermay, bir necha bor O'FA yoki FIFA tomon shikoyat arizalari yozilishga majbur bo'ldi.
Fikrlar