Eshitdik-da! “Surxon” futbol klubi ustidan yana bir legioner futbolchi FIFAga arz qildi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2021, 16:36
Bir necha kun avval O'FA Ijroqo'mi Byurosi “Surxon” futbol klubi uchun legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'ygandi.

Bu qaror nechog'li to'g'ri bo'lganini quyidagi holat ham ko'rsatib berishi mumkin.

“Surxon” klubi yaqindagina Vladimir Bubanya ishi bo'yicha jazoga tortilib, oxir-oqibat futbolchiga bir necha ming dollar to'lab berishga majbur bo'lgandi. Endi Darko Stanoevich FIFAga arz qildi. Ma'lum bo'lishicha, klub 2020 yilning avgust oyidan boshlab noyabr oyi so'ngiga qadar futbolchining ish haqini bermagan. Bunda gap taxminan 40 ming dollar atrofida bormoqda.

Klub bu ishni qanday hal qilishi aniq emas. Biroq “Surxon” futbol klubi sun'iy ravishda Superligaga qaytganidan buyon biror aytarli ish qilmagani barchaga ma'lum. Klub o'tgan vaqt davomida nafaqat akademiyasini tashkil qilmadi, balki qator futbolchilar haqlarini bermay, bir necha bor O'FA yoki FIFA tomon shikoyat arizalari yozilishga majbur bo'ldi.

O'FA Superliganing 12ta, Pro liganing 7ta klubiga legionerlarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'ydi        


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia