So’nggi yangiliklar

09:45“Интер“нинг клублар ўртасидаги ЖЧга қайдномаси маълум  0 09:17Саудия Арабистонликлар яна бир топ мураббийни лигага олиб келишмоқчи  2 08:49“Ювентус“ мураббий борасида бир қарорга келди  0 08:20ПСЖ 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 07:52Трнет Александер-Арнольднинг “Реал“даги рақами маълум  3 07:25АПЛ жамоаси Родриго билан музокараларни бошлади  3 00:30Неъматилло Қуттибоев: "Омад сабабли ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 00:15Гёкереш "Спортинг" учун бошқа ўйнамаслигини маълум қилди. Клуб футболчига берган ваъдасини бажармаган  5 23:57Исломбек Исмоилов: "Куч ва тезлик томонидан рақибга ҳеч қандай имконият қолдирмадик"  1 23:2636 ёшли Перишич "Барса"га ўтмоқчи  2 23:07"Челси" Санчонинг МЮга қайтганини эълон қилди. Лондонликлар футболчини тўлиқ сотиб олмагани учун 5 млн евро тўлашади  4 22:44"Реал Мадрид"нинг Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати учун қайдномаси маълум  6 22:36Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Чилини мағлубиятга учратди  18 22:02Мирко Еличич: "Жамоам ҳақиқий футбол намойиш этганидан хурсандман"  1 21:47"Манчестер Сити" Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати учун қайдномасини эълон қилди  8

Ertaga... Yangiliklar

Ertaga...

Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda ishtirok etishimiz uchun 4ta o'yinda ko'proq ochko jamg'arishimiz kerak. Yani, Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan bo'lib o'tadigan o'yinlarda.

12 ochkodan uchtasini Toshkentdagi bahsda boy berib ulgurdik. To'qqiz ochko qoldi. Qolgan raqiblardan olinadigan ochkolar, yuqoridagi yo'qotishlarni to'ldirishiga ishonish qiyin. Bazi sensaciyalarni inobatga olmaganda, qolgan raqiblarimizdan Eron va Janubiy Koreyaning o'zi ham ochko ola biladi. 

Ertangi bahs terma jamoamiz taqdirini hal qilib beradi, agar g'alaba qozonsak. 5 ochkolik farqni ikkinchi davrada qo'ldan boy bermasak kerak, agar rostan g'alaba qozona olsak. Orada Janubiy Koreyaning Eronga qarshi yana bitta o'yin bo'ladi. Xuddi shunday biz ham fors o'lkasiga safar qilamiz. Durang orqali ochkolar tafovutini saqlashimiz mumkin, lekin bu bizga 5 ochkolik farqni taqdim etishi mumkin bo'lgan kayfiyatni bermaydi. CHunki, bunday pallada Eron bilan safardagi o'yinimizdan ko'proq koreyslar foyda ko'radilar. So'nggi tur Toshkentda, aynan Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'tishini inobatga olsak va o'zi shundoq ham ancha "qari" bo'lgan tarkibimizning yana bir yoshga "qarishi" ko'proq sharqliklar foydasiga xizmat qilishi mumkin. SHuning uchun ertangi o'yinda terma jamoamizni faqat va faqat g'alaba qoniqtiradi. Durang va mag'lubiyat o'z-o'zidan Janubiy Koreyaniki. Mag'lubiyat haqida gapirib o'tirmayman, shusiz ham buning bizga qanchalik qimmatga tushishini yaxshi bilamiz.


Kuni kecha saytimiz orqali Janubiy Koreya terma jamoasini safarda yuta olmaganimizni esladik. Saytimiz o'quvchilaridan birining fikri juda ko'p mushohadaga sabab bo'ldi. "Paytida eng yaxshi tarkiblarimiz ham Janubiy Koreyani safarda yuta olmagan ekan, ertaga qiyin bo'ladi"... To'g'ri gap. 2013 yilgi o'yinni yodga oling. O'sha Janubiy Koreya, O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'ynagan eng kuchsiz Koreya edi. Murabbiy va futbolchilar o'rtasida chiqqan nizo tufayli, mahalliy murabbiy legionerlar xizmatidan foydalanmay qo'ygan paytda ham biz ularni mag'lubiyatga uchrata olmaganmiz. CHunki koreyslarda istagan vaqtda, istagan ampluasiga yangi o'yinchini etkazib bera oladigan professional ichki chempionat bor. Bizga etishmayotgan narsa, aynan shu bo'ladi. SHuning uchun ham 2017 yildan qo'rqishimiz kerak, agar ochkolar farqini ertaga kattalashtirib olmasak. Terma jamoamizning asosiy tarkib futbolchilaridan Jeparov, Ismoilov, Haydarov, har o'yinda nimadir qila olishi mumkin bo'lgan Geynrixni bu yilgi holatida ko'ra olmaslikdan cho'chishimiz kerak. Ahmedov va Denisov ham 30 yoshni qarshi oladilar. 

Yuqoridagilarni yozishdan maqsad, ertangi bahsda uch ochkoning qiymati, oz emas-ko'p emas, roppa-rosa bir yilga tengligi. 

Endi o'yinga to'xtalamiz. Aziz Haydarov safdan chiqqan, Jeparovda jarohat bor. Bu narsa o'yinga o'z tasirini o'tkazmasligi mumkin, lekin Babayan uchun nomlar katta rol o'ynashini so'nggi ikki yilda guvohi bo'ldik. Haydarov va Jeparov maydonda bo'lsa, bosh murabbiyimiz o'zini erkin his etadi. Bu ikki futbolchi oldidagi yoshlar ham biron nima bo'lsa najotni ulardan kutishadi. Ertangi o'yindagi bor "yuk" Ahmedovga tushishini bashorat qilish qiyin emas. So'nggi ikki o'yindan kelib chiqib aytsak, boshqa nuqtada o'yin sifatini tushirib yuborayotgan Islom To'xtaxo'jaevdan ko'ra, Davron Hoshimovning o'zi yoshligidan katta bo'lgan nuqtadagi o'yini mazmunliroq chiqyapti. To'xtaxo'jaev esa aynan Haydarovning o'rnida sinab ko'rilsa chakki bo'lmaydi. Yodingizda bo'lsa, 2014 yilgi oliy liga mavsumining ikkinchi davrasida To'xtaxo'jaev aynan shu ampluada to'p tepgandi. Islomning kuchli tamoni shundaki, u Ahmedov kabi olis masofadan imkoniyat bo'lsa raqib darvozasini aniq nishonga ola bilishida.


Afoninga keladigan bo'lsak, Iordaniya bilan bo'lib o'tgan o'yindagi yagona golda ishtirok etdi. Uning ampluasida to'p tepadigan futbolchilarning o'yini muxlislarga ko'rinmaydi. Lekin shunday bo'lsa-da, ahamiyat bergan bo'lsangiz, "tozalovchi" rolidagi bu futbolchimiz to'pni imkon qadar oldinga etkazib berishga harakat qilishini ko'rdik.

Ertangi o'yinda darvozabon, himoya va hujum chizig'ida deyarli o'zgarish bo'lmaydi. Jeparov va Haydarovning yo'qligi Afonin asosiy tarkibga kirishiga yo'l ochishi mumkin. Ahmedovning oldida SHomurodov "jonliroq" ko'rinayapti. Iordaniya bilan o'yinda chakki harakat qilmadi. Xuddi Odil kabi ikki-uch nafar futbolchining o'rtasidan chiqib ketish uslubini o'zlashtirayotganini ko'rish quvonarli hol. 

Janubiy Koreyada tarkib borasida muammo yo'q. Umid qilamiz, ularning muammosi ertaga biz bo'lamiz!

Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика