Gashek AQSHni Jahon chempionatidan mahrum etishga chaqirdi
12 jan 17:39
Yangiliklar
Gashek AQSHni Jahon chempionatidan mahrum etishga chaqirdi
Chexiya xokkey terma jamoasining sobiq darvozaboni Dominik Gashek AQSHni 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatini o'tkazish huquqidan mahrum etishlarini istamoqda.
60 yoshli chexiyalik X ijtimoiy tarmog'ida shu mazmundagi chaqiriq bilan qilingan postni ulashdi.

"Men qo'llab-quvvatlayman. Hozir AQSHda bo'layotgan voqealar demokratiya va huquqqa zid. Xalqaro huquqni hurmat qilmaydigan va demokratik davlatlarga harbiy tajovuz bilan tahdid qilayotgan mamlakat bunday yirik xalqaro musobaqalarni o'tkazmasligi kerak. Bu uning jinoyatlarini qonuniylashtirishga xizmat qiladi", – deb yozdi Gashek.
Yanvar oyi boshida AQSH qurolli kuchlarining elit bo'linmasi "Delta" Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni asirga olgani malum bo'lgandi. Keyinchalik u AQSHga olib ketilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar
Мен бу дорбозабонни жудахам ёмон кўрар эдим, сабаби НХЛда шайба сураётган ва Уэйн Грецкийни янгилаб булмас рекордини янгилаган, мингга яқин гол киритган “Александр Овечкинга” нисбатан жудаҳам ёмон гапларни гапириб ташлаган эди. Энди билсам, бу инсон ҳархил гаплари билан, оммани ўзига қаратмоқчи бўлар экан.
Хисоб 3:0 Карабах фойдасига