"Yuventus" "Barselona"ning transfer maqsadini ilib ketmoqchi
12 jan 19:55
Yangiliklar
"Yuventus" "Barselona"ning transfer maqsadini ilib ketmoqchi
"Bornmut"ning markaziy himoyachisi Markos Senesi "Yuventus" diqqat markazida.
28 yoshli futbolchining "giloslar" bilan shartnomasi yarim yildan so'ng yakunlanadi. Turinliklar aynan shu holatdan foydalanib, argentinalik himoyachini erkin agent sifatida safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
"Tuttosport" nashriga tayanilsa, "Yuventus" rahbariyati futbolchiga "Barselona" ham qiziqish bildirayotganiga qaramay, bitimni amalga oshirishga ishonmoqda.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Markos Senesining bozor qiymati 22 mln evro deb baholanmoqda. Markaziy himoyachi ushbu mavsum "Bornmut" safida 22 o'yinda qatnashib, 4 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar