O'zPFL. Buxoro va G'uzordagi stadionda muammolar mavjud
09 mar 07:58
Yangiliklar
O'zPFL. Buxoro va G'uzordagi stadionda muammolar mavjud
Qarshidagi Markaziy stadion maydonini yangilash ishlari esa yakuniga etib ulgurmadi. Shundan kelib chiqib, "Nasaf" va "Mashal" klublari mavsumni G'uzorda boshladi. Biroq Superliga 2-turidan o'rin olgan "Mashal" — "Lokomotiv" o'yinidan keyin "Sho'rtan" klubiga qarashli stadion maydoni shikastlandi. Ayni damda unda sifatli futbol tashkil etish imkoniyati vaqtincha mavjud emas.
Qayd etish kerak, G'uzordagi stadionda drenaj bilan bog'liq muammo mavjud ekanligi 2025-yilgi mavsum avvalida malum edi. Shundan kelib chiqib, o'tgan mavsum Sho'rtan mavsumni o'z maydonida boshlay olmadi. Biroq keyinchalik Liga va klub o'zaro kelishuv asosida G'uzordagi stadionni shartli ravishda ishga tushirdi. Bunda hududdagi ichimlik suvi bilan bog'liq muammodan kelib chiqqan holda maysani parvarish qilish imkonini berishi mumkin bo'lgan boshqa usullar sinovdan o'tkazildi. Biroq 5 mart sanasidagi kuchli yomg'ir drenaj bilan bog'liq muammoni qayta ochib berdi.
G'uzordagi stadionda ajriq navi nisbatan ko'proqni tashkil etishidan kelib chiqib, stadionni 20 mart sanasidagi bellashuvga qadar tayyorlashning nazariy imkoniyati mavjud. Har ehtimolga qarshi Liga "Nasaf" klubiga "Surxon" bilan bellashuv uchun boshqa arenalar bilan muzokara o'tkazish zarurligini tushuntirdi.
Malumot uchun, mart oyining dastlabki kunlarida butun O'zbekiston bo'ylab kuchli yomg'irlar kuzatildi. Biroq Liga tomonidan maydonning drenaj tizimiga qo'yilgan talablar bajarilgan stadionlarda hech qanday muammo ko'zga tashlanmadi. Ayni vaqtda Nasaf klubi Markaziy stadionni tezroq qayta ishga tushirish masalasida ish olib bormoqda. Dastlabki rejaga ko'ra, klub joriy yilning aprel oyidan etiboran o'z uyiga qaytishi kerak edi.
Avvalroq "Mashal" "Qizilqum" klubi bilan o'zaro kelishgan holda davralar davomidagi ikki uchrashuv lokaciyasini o'zaro almashtirishni so'rab murojaat qildi. Biroq Liga mazkur taklifni rad etdi. Zero biror klubga bu borada engillik taqdim etilsa, mavsumni o'z maydonida boshlay olmayotgan qolgan klublar ham taqvimni o'zgartirish yuzasidan o'z taklifini bildiradi. Buning oqibatida Reglament bo'yicha talablar ijrosi masalasiga putur etishi mumkin.
Buxorodagi stadionda ham muammo mavjud
Avvalroq Superliga 1-turidan o'rin olgan "Buxoro" — "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng Liga Buxoro futbol klubini ham rasman ogohlantirgandi.
Superliga reglamentining 4.5-bandiga ko'ra, Superliga stadioni uchrashuvdan bir soat oldin Hakam va Komissar tomonidan baholanadi. Umumiy baho 4 dan past bo'lsa, klub rasman ogohlantiriladi. Bu kabi holat ketma-ket ikkinchi bor kuzatilsa, klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi. Uchinchi shunday holatdan keyin stadion Superliga ro'yxatidan chiqariladi.
Musobaqaning 1-turida Buxoro futbol akademiyasi maydoni 4 bahodan pastroqqa loyiq ko'rilgan. Ayni vaqtda viloyatdagi yagona sifatli stadionni parvarish qilish uchun mo'ljallangan texnika mavjud emas. Liga o'tgan mavsum so'ngidan boshlab bu masalani bir necha bor ko'targaniga qaramay, viloyatda muammo ijobiy hal etilganicha yo'q. Shundan kelib chiqib, Reglament bo'yicha muammolar ketma-ketlikda kuzatilishda davom etsa, Liga viloyatda Superliga o'yinlari davom etishini kafolatlamaydi. Bu haqda klub, viloyat hokimligi hamda viloyat futbol associaciyasi Superliga 1-turidan keyin rasman ogohlantirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar