A Seriya. "Roma" mehmonda "Jenoa"ga mag'lub bo'ldi

Alisher Ostonov
8 mar 2026
Italiya A Seriyasi 28-tur doirasidagi "Jenoa" - "Roma" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar o'yinchisi Junior Messias 52-daqiqada penaltini aniq ijro etgan holda hisobni ochdi. Rimliklarning himoyachisi Evan Ndika uch daqiqada o'tib muvozanatni tikladi. Vitinya 80-daqiqada gol urib, “Jenoa”ga uch ochko taqdim etgan golga mualliflik qildi.

“Roma” A Seriyada 28 o'yinda 51 ochko jamg'argan holda beshinchi, “Jenoa” esa 30 ochko bilan o'n uchinchi o'rinda bormoqda.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia