"Yuventus" o'z maydonida "Jenoa"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2026
Italiya Seriya Asining 31-turi doirasida Turinning "Yuventus" jamoasi o'z maydonida "Jenoa"ni qabul qildi.

A Seriya, 31-tur

“Yuventus” - “Jenoa” 2:0

Gollar: Bremer 4, MakKeni 17.

Turindagi "Alyanc" stadionida kechgan bahs "byankoneri"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvni Davide Massa boshqarib bordi.

Maydon egalari o'yinni juda faol boshlashdi. Hali 4-daqiqadayoq Bremer hisobni ochib, turinliklarni oldinga olib chiqdi. 17-daqiqada esa Ueston Makkenni oradagi farqni ikkitaga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Mehmonlarda hisobni qisqartirish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgan edi. Biroq 75-daqiqada Aaron Martin penaltidan unumli foydalana olmadi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Yuventus" o'z ochkolarini 57 taga etkazib, turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. 33 ochkoga ega "Jenoa" esa 14-pog'onani egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia