So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  0 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  6 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  3 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  815 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Eronlik futbolchilar klublarida qanday o'ynayapti? Yangiliklar

Eronlik futbolchilar klublarida qanday o'ynayapti?

Teglar :  Eron
“Bunyodkor” stadionida terma jamoamiz jahon chempionati saralash bosqichida 3-tur o'yinini Eronga qarshi o'tkazadi.

Jamoalarning o'yinga tayyorgarligi va turli malumotlarni o'quvchilarimiz etiboriga taqdim etib boryapmiz. Uchrashuv arafasida esa Eron terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilarning joriy mavsumdagi ko'rsatkichlari va o'yinchilarning alohida xususiyatlari haqida so'z yuritamiz.

Karlos Keyrush tarkib borasida kichik muammoga duch keldi. O'zbekistonga qarshi uchrashuvda asosiy himoyachilardan biri sanalgan Pejman Montazori chaqirilmadi. U Xitoy bilan bellashuvda elkasidan jarohat olgandi. SHu tariqa Qatarda faoliyat olib borayotgan himoyachi bugungi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.
SHuningdek, Gollandiyaning “AZ Alkmaar” klubida o'ynayotgan qanot yarim himoyachisi Alirizo Jahonbaxsh sentyabr o'rtalaridan beri maydonga tushirilmadi. Bunga uning oyog'ining yuqori qismidan olgan jarohati sabab qilib ko'rsatilgan. Lekin Keyrush uni terma jamoa yig'iniga jalb etgan. Qatarning “Al Arabi”sida to'p tepadigan Ashkan Dejaga ham jarohat tufayli o'yin amaliyotiga ega bo'lgani yo'q. U tiklanish jarayonidan so'ng mashg'ulotlarga qo'shilgan, biroq uning holati asosiy tarkibda tushishga imkon beradimi-yo'qmi, buni bilmaymiz.


Darvozabonlar xususida to'xtalsak, Portugaliyaning “Maritimu” klubi posboni va asosiy darvozabon hisoblangan Alirizo Haqiqi klubida biror uchrashuvda maydonda harakat qilmadi. SHunga qaramay, portugaliyalik mutaxassis aynan Haqiqiga ishonch bildirmoqda. Eron chempionatida o'ynaydigan Beyranvand va Axbori esa “Persepolis” hamda “Traktorsozi” safida barcha bellashuvlarda to'liq o'ynashgan.

Himoyachilar orasida “Persepolis” vakili Ramin Rizoiyan biror bellashuvda o'ynamagan. U ham hozircha Keyrushning ishonchini qozonib kelmoqda. Rizoiyanning klubdoshlari Jalol Hussayn va Muhammad Ansari jamoaning etakchi himoyachilari sanalishadi. Ular deyarli muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushishadi. Tehronning “Istiqlol” klubidan Vuriya G'ofuri, Xuzistonning “Istiqlol” jamoasidan Izzatillo Purg'az ham terma jamoaga chaqirilgan. Ular barcha bellashuvlarda ishtirok etishgan. Said Og'aiy esa himoyasi ishonchli ko'rinayotgan “Traktorsozi”da asosiy rollardan birini bajarib kelmoqda. Ikki himoyachi xorij klublarida faoliyat olib borishadi. Murtazo Puraliganji Qatarning “Al Sadd” klubida ikki o'yinda maydonga tushib ulgurdi. Milad Muhammadi esa Rossiyaning “Terek” klubida 6 bellashuvda harakat qildi. U joriy mavsumni ancha yaxshi o'tkazmoqda. “Sepaxan”ga Germaniya birinchi ligasidan qaytgan Ehson Hojsafi ancha yorqin taassurot qoldirmoqda. U hujumga tez-tez qo'shilishni xush ko'rishi bilan tanilgan.


Yarim himoya Eronning eng kuchli nuqtalaridan biri hisoblanadi. Sardor Andranik Teymuriyan mavsumni yaxshi o'tkazmayotgan “Mashinasozi” safida 7 o'yinning 6tasida maydonga tushdi. “Istiqlol”da Umid Ibrohimi, “Traktorsozi”da Surush Rafei 7tadan bellashuvda harakat qilishdi. “Persepolis” azosi Vohid Amiri va “Saypa” futbolchisi Mehdi Turobi esa raqib darvozasini ishg'ol etishga usta. Amiri 2, Turobi 4 bor Eron chempionatida gol urishga muvaffaq bo'lishgan. Legionerlardan Said Izzatullohi “Rostov” tarkibida mavsum boshida ko'proq o'yin amaliyotiga ega chiqqandi. Oxirgi paytlarda unga faqat bahs oxirlarida imkon berishmoqda. Jahonbaxsh va Dejaga to'g'risida maqola boshida malumot berdik. Greciyaning “Panionis” klubi azosi Masud SHojai esa 4 uchrashuvda 2 gol muallifiga aylandi.

Hujumchilar tanlovi borasida Eronda muammolar yo'q. Mehdi Taremi “Persepolis” safida 3 to'p kiritishga erishdi. Karim Ansarifard Greciya yuqori ligasida 4 o'yinda 2 gol muallifiga aylandi. Rizo G'uchannajod Gollandiya oliy divizionida 8 bellashuvda 3 to'p kiritdi. “Rostov”da o'ynayotgan Sardor Azmun esa hozircha o'zi maydonga tushirilgan 7 bahsda gol urmadi, ammo jamoaviy o'yin va sheriklariga yaxshi vaziyatlarni yaratib berishda u katta hajmdagi ishni amalga oshirib kelyapti.
Eron terma jamoasi Keyrush qo'l ostida asosan himoyada tartibli o'ynab, qanotlar va standartlardan to'pni jarima maydoniga oshirish, uzoqdan zarba yo'llash orqali natijalarga erishishga intilmoqda. Eron OAV buning uchun oxirgi paytlarda Keyrushni tanqid ostiga olib kelyapti. Boshqa tomondan esa forslar Braziliyadagi jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqishdi.


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика