Javohir Siddiqov: "Nasaf" doimiy sovrin yutmoqda, bu ham yoqimli holat"
28 may 01:50
Yangiliklar


Javohir Siddiqov: "Nasaf" doimiy sovrin yutmoqda, bu ham yoqimli holat"
O'zbekiston Superkubogida "Andijon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Nasaf" yarim himoyachisi Javohir Siddiqov o'z fikrlarini bildirdi.
- G'alaba qozonish, sovrin yutish doimo yoqimli. Aytganingizdek, "Nasaf" doimiy sovrin yutmoqda, bu ham yoqimli holat. Bu esa "Nasaf" to'g'ri tizimni yo'lga qo'yganini anglatadi. "Andijon" jamoasi ham kuchli jamoa, muxlislari bilan ajralib turadi. Bunday finallar esa bitta o'yinga bog'liq. Bugun juda chiroyli, shiddatli o'yin bo'ldi. Sovrin bizga nasib qilgan ekan, bundan xursandmiz. G'alabani Qashqadaryo ahliga, futbol muxlislariga bag'ishlaymiz.
Qayd etish kerak, "Nasaf" ketma-ket uchinchi marta Superkubokni qo'lga kiritdi. O'tgan ikki yilda "Nasaf" Superkubok uchrashuvlarida "Paxtakor"dan ustun kelgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar