Valijon Rahimov: "Andijon" o'z o'yinini topib oladi"
28 may 02:02
Yangiliklar


Valijon Rahimov: "Andijon" o'z o'yinini topib oladi"
- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Bittagina penalti barchasini hal qilib ketdi. Balki o'yindan keyin penaltilar seriyasini ko'rishimiz ham mumkin edi. "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklaymiz.
- "Andijon" bugun o'zi istagan o'yinin ko'rsatdi desak bo'ladimi?
- Etibor bergan bo'lsangiz, "Nasaf"da penaltidan boshqa vaziyat bo'lgani yo'q. O'yin yaxshi ketayotgandi, lekin penalti o'zgartirib yubordi. "Andijon" sekin-sekin o'z o'yinini topib olishda davom etadi.
- Stadionga kelgan muxlislar haqida.
- Muxlislarimiz uchun ko'proq harakat qilmoqchi edik, chunki ular uzoq yo'l bosib kelishgandi. Bu safar o'xshamadi, keyinchalik ularni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Oldinda kichik tanaffus bor. Bu jamoaning foydasiga xizmat qiladimi?
- Shunaqa desak ham bo'ladi. Tanaffus bizga foyda bo'lishi kerak. Nimalar ustida ishlashimizni tushunib etib, o'shalarni yaxshilashimizni bilib olamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar