So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  78 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  1 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  1 23:17Дани Алвесни судга беришди  2 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  47 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  22 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

Eron va Janubiy Koreya jahon chempionatida! Pley-offga kim chiqadi? Yangiliklar

Eron va Janubiy Koreya jahon chempionatida! Pley-offga kim chiqadi?

Teglar :  JCH saralashOsiyo
JCH saralash bahslarini Eron va Janubiy Koreya muvaffaqiyatli yakunladi.

Uchinchi bosqich tugashiga yana ikkita tur qoldi. Har ikki kuchli terma jamoa esa muddatidan oldin mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endi ushbu guruhga aloqador faqat bir savol qolyapti: qaysi jamoa uchinchi o'rinni egallab, pley-offga yo'l oladi? 

SHuni aytish mumkin, oxirgi o'rinni band etib turgan Suriya pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Buyog'iga kurash uchta terma jamoa orasida kechadi. Bular - BAA, Livan va Iroq. Hozirda BAA terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o'rinda boryapti. Livan hisobida 6, Iroqda esa 5 ochko bor.


Quyida bu uch jamoaning keyingi 2 turdagi o'yinlarini keltirib o'tamiz. 

24 mart. 9-tur

Iroq - BAA

Livan - Suriya

29 mart. 10-tur

Eron - Livan

BAA - Janubiy Koreya

Suriya - Iroq

Demak, kelasi turni BAA safarda Iroqqa qarshi o'tkazadi. Agar bu o'yinda amirlik futbolchilari g'alaba qozonsa, Iroq mundialga chiqish orzusi bilan xayrlashadi. Livan esa oxirgi o'rindagi Suriyani qabul qiladi. 

Va nihoyat so'nggi turda BAA o'z maydonida JCHga chiqib bo'lgan Janubiy Koreya bilan o'ynaydi. Livan Tehronda Eron mehmoni bo'lsa, Iroq ham safarda Suriyaga qarshi bahs olib boradi. Xo'sh, sizningcha qaysi jamoa guruhda uchinchi o'rinni egallaydi?

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика