Eron futbol federaciyasi prezidenti futboldan ikki yilga chetlatildi
18 may 2022 23:01
Yangiliklar
Eron futbol federaciyasi prezidenti futboldan ikki yilga chetlatildi
Malumki, Eron futbol federaciyasiga SHahobiddin Azizi Xadem rahbarlik qilib kelayotgandi.
Eron FF etika Qo'mitasi federaciya prezidentini ikki yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlatdi. SHaohobiddin Azizi o'tgan bir yil davomida "belgilangan tartibdagi normativlarni bajarmagani uchun" qo'mita tomonidan chetlatildi.
SHu yilning fevral oyida futbol federaciya direktorlar kengashi tezkor yig'ilish o'tkazib, rahbarni ishdan olishgandi. Oradan ko'p o'tmay uning federaciyadagi faoliyati bo'yicha jinoiy ish ochildi va endilikda ushbu mutaxassis futbolda ishlay olmaydi.
Jurnalistlarning yozishicha, SHahobiddin Azizi Xademda Eron futbol federaciyasi prezidentligiga qayta saylanish uchun umuman imkoniyat qolmadi. Hozircha bu lavozimda Mirsahd Majedi ishlab kelmoqda.
Fikrlar