So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  61 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Erkin Boydullaev: "Ryujini umuman futbolga yaqinlashtirmaslik kerak" Yangiliklar

Erkin Boydullaev: "Ryujini umuman futbolga yaqinlashtirmaslik kerak"

OCHL 1-tur doirasidagi "Al Ahli" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvi va yaponiyalik hakam Sato Ryujining tushunarsiz qarorlari haqida "ajdarlar" yarim himoyachisi Erkin Boydullaev o'z fikrlarini bildirdi.


"Yaponiyalik hakamlar har doim bizning oyoqqa bolta urishadi. O'tgan yili ham OCHL guruh bosqichining 6-tur o'yinida aynan "A Ahli"ga qarshi bellashuvda toza golimizni inobatga olishmagandi. Bu esa yakunda bizga qimmatga tushgan. Kecha ham Sato Ryuji bir qator tushunarsiz qarorlari orqali jamoamiz zarariga ishladi. Men hakam xushtagini eshitgach raqib futbolchisi o'yin qoidasini buzdi deb hisobladi deb o'yladim. CHunki mening "korpusim" "Al Ahli" futbolchisidan oldinda edi va raqib meni oyog'imni chaldi. SHunga avvaliga hakam to'g'ri qaror qabul qildi deb o'yladim. Ammo yaponiyalik Sato menga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib maydondan chetlatdi. Nega jim ketdim? CHunki hakam hech qarorini o'zgartirmaydi. Bu foydasiz edi. Keyin jamoamiz murabbiylari bizga hakamlar qaroriga qarshi chiqmaslikni va bu faqat zarar keltirishi mumkinligi haqida ko'p aytishadi. Dilshod Rahmatullaevni boshiga tepilgan vaziyatni ko'rmay qoldik. O'yindan so'ng mana hozirgina ushbu videoni ko'rdim. O'sha vaziyatda biz nima bo'lganini bilmadik. Omar Soma Rahmatullaev bilan to'qnashib ketdi deb o'ylagandim. Ammo umuman boshqa futbolchi dahshatli ravishda Dilshod Rahmatullaevni boshiga tepgan ekan. Bu qo'pollik uchun hakam kerakli chora ko'rmagani uchun ham yaponiyalik Ryujini umuman futbolga yaqinlashtirmaslik kerak. Ilhom SHomurodovni raqib ushlab qoldi, keyin turtib yubordi. Lekin hakam yana jim. Na penalti belgiladi, na jarima zarbasi. Biz "Al Ahli" bilan o'yinda himoyaviy emas, hujumkor o'ynadik. Tezkor gol o'tkazib yuborilmagan taqdirda ham biz hujumda o'ynagan bo'lardik. Qarshidagi o'yinda "AL Ahli"ni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz. Agar o'tgan yilgidan farqli ravishda omad biz tomonda bo'lsa bemalol uch ochkoni olamiz. Qizil kartochka borasida klub apellyaciya berishi mumkin. Menimcha, tez orada klubimiz rasmiylari OFKga murojaat qilishadi", - deydi Erkin Boydullaev. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика