

Dinamo PFK Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi, jamoaning sobiq o'yinchisi Erkin Boydullaevni klubga qaytardi. Klub rahbariyati tajribali yarimhimoyachiga ishonch bildirib, 2023 yilning oxiriga qadar 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
2011 yilda Dinamoni tark etgan Erkin Boydullaev o'tgan yillar davomida Nasaf, AGMK va Qizilqum klublari sharafini himoya qilib, jamoasining yetakchisiga aylana olgandi. Avvalgi mavsumlarda Navoiy klubi sardori bo'lgan 37 yoshli yarimhimoyachi Dinamo safiga erkin agent sifatida qo'shildi.



