Eriksenning "Inter"dagi taqdiri malum bo'ldi
23 iyu 2021 20:02
Yangiliklar
Eriksenning "Inter"dagi taqdiri malum bo'ldi
Italiya futbol federaciyasi ilmiy-texnik qo'mita azosi Franchesko Brakonaro futbolchining yuragidagi defebrilyator bilan Italiyada o'ynay olmasligini aytdi
"Eriksen yuragidagi moslama bilan Italiyada o'ynashga ruxsat ololmaydi. Agarda uning yuragidagi defebrilyator olib tashlansagina, u "Inter"da o'ynashni davom ettirishi mumkin".
Italiyada professional sportchilar uchun qatiy qoidalar mavjud va tekshiruvlarni klublar emas, federaciya amalga oshiradi.
SHunisi etiborga loyiqki, masalan, "Ayaks" himoyachisi Deyli Blind xuddi shunday implantaciya qilinadigan kardioverter defibrilatoriga ega va Niderlandiya terma jamoasi va o'z klubida o'ynashi mumkin, ammo u ham A Seriyada ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Kristian Eriksen Evro-2020 guruh bosqichda Finlyandiyaga qarshi kechgan birinchi tur o'yinida yurak hurujiga uchragan. Futbolchi operaciya qilingan va yuragiga defebrilyator o'rnatilgan. Ushbu moslama yurakning to'xtab qolishini oldini olib, uning tinimsiz urib turishini taminlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar