Eriksen Germaniyaga ko'chib o'tishi mumkin
21 okt 2020 19:40
Yangiliklar


Eriksen Germaniyaga ko'chib o'tishi mumkin
Dortmundning "Borussiya" klubi "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksenning xizmatlariga qiziqish bildiryapti, deb xabar qildi CalcioMercato.
Nemis klubi yozda 28 yoshli daniyalikni ijaraga olishga urinib ko'rgan, ammo kelishuv amalga oshmagan. Manbaning xabarida takidlanishicha, dortmundliklar yanvar oyida Eriksenni sotib olish variantini faollashtirishga tayyor. Milanda o'yin amaliyoti kamligidan noliyotgan futbolchining o'zi ham yangi takliflarni ko'rib chiqishga qarshi emas.
Avvalroq unga "Pari Sen-Jermen" va "Manchester Yunayted"dan ham qiziqish borligi malum qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar