"Inter" Eriksen bo'yicha takliflarni yanvarda eshitadi

Alisher
18 okt 2020, 10:44
"Inter" yarim himoyachi Kristian Eriksen bo'yicha takliflarni yanvarda eshitadi.

Milanda futbolchidan norozilar. Garchi u katta umidlar bilan "Inter"ga kelgan bo'lsa ham, "neradzurrilar" ustozi Antonio Konte uchun rotaciya payti kerak bo'ladigan o'yinchi bo'lib qolmoqda.

Eriksen joriy mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.

Uning Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb