So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

EPLManager.com: Oltinchi tur sharhi Yangiliklar

EPLManager.com: Oltinchi tur sharhi

EPLmanager.com saytida Angliya premer-ligasining 6-turi yakuniga etdi.

Angliya premer-ligasining yakunlangan turida ko'plab gollar urildi va peshqadamlar navbatdagi g'alabalarini nishonlashdi.

Tur Vest-Xem – Tottenxem uchrashuvi bilan boshlandi. Bolg'aurarlar mavsumni juda yomon boshlashdi, endi jamoa 6ta turdan so'ng bittayu bitta g'alaba bilan pastki pog'onalarda bormoqda. Maurisio Pochettino shogirdlari esa aksincha faqat CHelsi bilan bahsda yutqazishdi xolos.

60-daqiqaga kelib hisob yirik ko'rinish olib bo'lgandi. Keyn dublga erishdi va bitta golni Eriksen urdi. Maydon egalari bunga faqat ikki bor javob berishdi.

Everton o'z uyida Bornmutni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Nyasse dublga erishib mezbonlarga mavsumdagi ikkinchi g'alabani keltirdi. 

Amaldagi chempion CHelsi safarda Stokni taslim qildi. O'yin qahramoni Alvaro Morata bo'ldi. Ispaniyalik futbolchi xet-trik qayd etdi. 30-daqiqada Pedro ham bitta gol urdi.



Manchester Siti o'z uyida Kristal Pelasni tor-mor etdi. London klubi dastlabki beshta uchrashuvning barchasida yutqazib so'nggi pog'onada bormoqda. Sane, Aguero uchta, Sterling ikkita va Delf bitta gol urib. Roy Xojson jamoasi Pepa Gvardiola shogirdlariga hech qanday qarshilik ko'rsata olishmadi.

Sitining asosiy raqobatchisi Manchester Yunayted safarda Sautgemptonga qarshi bahsda Romelu Lukakuning urgan goli evaziga 3 ochkoni qo'lga kiritdi. MYU posboni mavsumdagi beshinchi uchrashuvda o'z darvozasidan gol o'tkazmadi.

Suonsi - Uotford uchrashuvida dastlab mehmonlar Greyning aniq zarbasidan so'ng oldinga o'tib olishdi, ikkinchi taym boshida Abraxam muvozanatni tikladi. 90-daqiqada Risharlison Dinining pasidan so'ng gol urib mehmonlarga g'alaba keltirdi. 

Byornli va Xaddersfild nursiz durangga erishdi.

Lester va Leverpul o'rtasidagi o'yin gollarga boy bo'ldi. Yurgen Klopp shogirdlari so'nggi paytlarda ko'p tanqidga uchrashmoqda. Bahsda mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi. Liverpul ushbu g'alabadan keyin Tottenxem bilan 4-5-o'rinni bo'lishib turibdi, Lester esa 17-o'rinda bormoqda.

Yakshanba kuni bitta uchrashuv bo'lib o'tdi. Premer-liga debyutanti Brayton o'z uyida Nyukaslni qabul qildi. Mezbonlar Tomer Xemedning aniq zarbasi evaziga g'alaba nashidasini surishdi.

Turning eng so'nggi uchrashuvi Arsenal va Vest-Bromvich o'rtasida kechdi. Londonliklar Lyakazettning dubli evaziga g'alaba qozonib musobaqa jadvalida 7-o'ringa chiqib olishdi.

EPLManager.com saytidagi Open AsiaChampionship ligasida dastlabki uchta turdan so'ng yakka peshqadam yo'q. Birinchi o'rinda O'zbekistondan zafarirs (243 ochko) jamoasi bormoqda, ikkinchi o'rinda Malayziyadan Plfc (242 ochko) qayd etilgan, Indoneziyaning TheCitizens (241 ochko) jamoasi esa uchinchi o'rinda. 1 va 10-o'rin o'rtasidagi ochkolar farqi atiga 10tani tashkil etadi. Bu esa hali kurash tugamaganini anglatadi.


EPLManager.com da ushbu tur eng ko'p ochko to'plagan jamoa Nepal malakatida tuzilgan "TrueBlues" bo'ldi - 106 ochko .

Turda eng ko'p ochko olgan jamoa:



EPLManager.com da turning eng yaxshi o'yinchilari:

Alvaro Morata – 17 ochko

Leroy Sane 13 ochko

Sesar Aspilikueta – 12 ochko

Fillipe Koutinyu – 10 ochko

Raxim Sterling – 10 ochko

Xarri Keyn – 10 ochko

Aleksandr Lyakazett – 10 ochko


EPLManager.com - saytiga tashrif buyuring va sovrinli ligalarda ishtirok eting. Ajab emas qimmatbaho sovg'alardan biri aynan sizga nasib qilsa.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика