So’nggi yangiliklar

12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  2 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  2 11:31Анри 1999 йил "Арсенал"га ўтиши ҳақида эслади: "Венгер мен шунчаки вақт йўқотаётганимни айтган"  4 10:49Ўсмирларимиз Тошкентда йиғинга киришди. Йиғин давомида бир қатор ўртоқлик учрашувлари бўлиб ўтади  1 10:20«Ливерпуль» Европа чемпиони учун 60 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  5 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  3 09:23Марко Ройснинг янги жамоасининг номи маълум  1 08:50«Андижон» кечаги ғалабадан сўнг тарихий натижани қайд этди  5 08:21ЦСКА селекционер-мураббий Аббосбек Файзуллаевни Испаниянинг қайси жамоасида ўйнаб кетишини айтди  4 07:52Про лига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  3 07:20Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  4 04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  13

"Eplmanager.com". Jamoani qanday tuzgan maqul? To'liq yo'riqnoma Yangiliklar

"Eplmanager.com". Jamoani qanday tuzgan maqul? To'liq yo'riqnoma

Angliya Premer-ligasiga bag'ishlangan "Eplmanager.com" fentezi o'yini 3 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

Mana shu davr mobaynida 50ga yaqin vatandoshlarimiz va o'nlab boshqa mamlakat fuqarolari qimmatbaho sovg'alarni yutib olishdi. Ayni paytda ham Iphone XS, Iphone XR va Apple Watch series 4 sovg'alari qo'yilgan "XS-XR LEAGUE" davom etmoqda.

SHu o'rinda ko'plab o'quvchilar tomonidan bo'layotgan iltimoslarni inobatga olib, "eplmanager.com" saytida qanday jamoa tuzgan maqul ekanligiga to'xtalib o'tamiz.

Qanday sxemada jamoa tuzish mumkin?

Bu har bir foydalanuvchining o'ziga bog'liq. Bunda o'nlab sxemalardan birini tanlaysiz: 3-4-3, 3-5-2, 4-4-2, 4-3-3, 4-5-1, 5-3-2 va hokazo.


Darvozabonlar

Har bir turda jamoangizga darvozabon tanlashda asosan 2 jihatga etibor qarating: Gol o'tkazib yuborish ehtimoli juda kam bo'lgan kuchli jamoa kiperi yoki ko'p seyv qilishi mumkin bo'lgan darvozabon. SHuningdek, posbonlarning uyda yoki safarda o'ynashini ham inobatga oling.

Jamoangizda ikki nafar narxi qimmat kiper bo'lishi shart emas, aks holda boshqa o'yinchilarni sotib olish uchun imkoniyatlaringiz cheklanib qolishi mumkin. Ikkinchi darvozabon arzon bo'lgani maqul. CHunki, baribir uning ochkosi hisobga olinmaydi. Agar asosiy posboningiz malum sabab maydonga tushmay qolmasa. Yana bir kerakli malumot: ayni paytda "Arsenal"ning asosiy birinchi raqami bo'lib olgan germaniyalik Bernd Lenoning narxi bor yo'g'i 5 funt. Boshqa kuchli jamoalardagilar bilan solishtirganda bu juda kam narx.

Joriy mavsum ortda qolgan 16 turda "Liverpul" kiperi Alisson eng ko'p nolga turdi - 10ta o'yin. Undan keyingi pog'onalarda Kepa Arrisabalaga ("CHelsi") va Ederson ("Manchester Siti") - 8tadan quruq o'yin.

APLda hozircha eng ko'p seyv qilgan darvozabon "Byornli" kiperi Jo Xart bo'lib turibdi. Xart 70ta seyvni amalga oshirgan. Bu borada u hatto Top-5 chempionatlari orasida "Levante" posboni Oier (74ta seyv)dan keyin ikkinchi o'rinda. "Vest Xem" azosi Lukash Fabianski 62ta, "Kardiff"ning filippinlik darvozaboni Nil Eterij 57ta, Metyu Rayan ("Brayton", 55ta) va David De Xea (MYU, 54ta).


Ayni paytda "eplmanager.com"da eng ko'p ochko to'plagan darvozabonlar



Himoyachilar

Himoyachi tanlayotganda ham ko'proq ikki jihatga etibor qarating: qanot himoyachilari yoki standartlarda bosh bilan gol urishi mumkin bo'lgan baland bo'yli markaziy himoyachi. SHuningdek, o'z jamoasida standartlarni amalga oshiradigan himoyachilarni ham ikkilanmay olavering. Ular asosiy ochkoni jamoasi nolga o'ynagani uchun olishini hisobga oling va imkon qadar uyda to'p tepadigan va gol o'tkazish ehtimoli kam deb hisoblagan o'yinchilaringizni tanlang.

Masalan, "Liverpul"ning har ikkala qanot vakillari Aleksandr-Arnold va Endryu Robertson, "CHelsi"dan Markos Alonso va Sezar Aspilikueta, "Arsenal"dan Ektor Belerin va Sead Kolashinac, "Manchester Siti"dan Kayl Uoker, "Tottenxem"dan Kiran Tripper va Ben Devis, MYUdan Eshli Yang, "Lester"dan Rikardo Pereyra, "Everton"dan Lyuka Din, "Vulverxempton"dan Mett Doerti, "Uotford"dan Xose Xolebas, "Kristal Pelas"dan Van Anxoltlar doimiy ravishda hujumga o'tib turishadi va jamoasining gollarida tez-tez ishtirok etishadi. Gol urib turadigan markaziy himoyachilarni birma-bir sanab o'tirmaymiz va yaxshisi hozirgacha eng ko'p ochko to'plagan himoyachilarni keltirib o'tamiz.


Bu amplua vakillariga oid bir qiziq malumot: "Kardiff"da himoyachi deb keltirilgan Kallum Paterson aslida markaziy hujumchi, bo'lib ham jamoasining to'purari - 4ta gol. SHuningdek, "Vulverxempton" azosi Mett Doerti o'ng qanotda lateral himoyachi rolini bajaradi va debyutantlarning ko'pgina gollari aynan u orqali yaratiladi.

Eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan jamoalar.


Yarim himoyachilar

Bunda o'z-o'zidan ko'proq gol uradigan va golli paslar beradigan o'yinchilarni olish muhim. Yarim himoyachi tanlayotganda ularning burchak va jarima zarbalari, shuningdek, penalti tepishlariga urg'u bering. Masalan, ayni paytda APL klublaridagi yarim himoyachilar orasida Eden Azar ("CHelsi"), Gulfi Sigurdsson ("Everton"), Ruben Nevesh ("Vulverxempton"), Luka Milivoevich ("Kristal Pelas")lar o'z jamoalarida asosiy penaltichi hisoblanishadi.

Yarim himoyachilar orasidan tayanch zonada to'p tepadiganlarni olmang, chunki ular odatda hujumning boshlanish zonasida bo'lishadi, yakunlovchi xududda emas. Faqatgina "Kristal Pelas" vakili penaltilarni tepgani uchun ham tayanch yarim himoyachisi bo'lishiga qaramay ko'p ochko yig'adi.

Jamoangizda 3 nafar qimmat narxdagi yarim himoyachi bo'lsa boshqa poziciyalarga ko'nglingizdagi o'yinchilarni sotib ololmasligingiz mumkin. SHu sabab Azar, Mane, Sterling, Sane, David Silva, Dele Alli, Eriksen, Son, De Bryuyne kabi qimmatbaho o'yinchilardan faqat ikki nafarini tanlaganingiz maqul. Agar ular 3 nafar bo'lgan taqdirda hujumchilarning nisbatan arzonroqlarini olishingizga to'g'ri keladi. Yani, imkoniyat chegaralanib qolish ehtimoli yo'q emas.

Arzon yarim himoyachilardan Freyzer ("Bornmut"), Felipe Anderson ("Vest Xem"), Pereyra ("Uotford"), Meddison ("Lester"), Taunsend (Kristal Pelas), Solli Marsh (Brayton), David Bruks ("Bornmut")larni tavsiya qilamiz.

Ayni paytda "eplmanager.com"da eng ko'p ochko to'plagan yarim himoyachilar



Hujumchilar

Premer-ligada tanlash uchun eng qulay poziciya hujum deyish mumkin. CHunki, sizda variantlar juda ham ko'p emas. Joriy mavsum forvardlar samaradorlik borasida biroz oqsashmoqda. Balki, bu ayrim jamoalarda muqobil hujumchilar xizmatidan foydalanish kamaygani va jarohatlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Old chiziq vakillarini olayotganda ham uyda to'p tepishiga etibor qarating. Salah ("Liverpul"), Obameyang ("Arsenal"), Uilson ("Bornmut"), Mitrovich ("Fulxem"), Marrey ("Brayton"), Risharlison ("Everton"), Keyn ("Tottenxem"), Ximenez ("Vulverxempton") kabi hujumchilarni uydagi o'yinlarida ikkilanmay olaverish mumkin. Albatta, nisbatan kuchsiz jamoalar favoritlarga qarshi maydonga tushganda bu tavsiya qilinmaydi. Oxirgi o'yinlarda Salah, Obameyang, Marsyal, Keyn, Uilson, Ximenez, Risharlison, Marrey va Reshfordlar ancha yaxshi formaga kirib olishgan.

Ayni paytda "eplmanager.com"da eng ko'p ochko to'plagan hujumchilar



Ayni paytda Angliya Premer-ligasi to'purarlari


Ayni paytda APLda eng ko'p golli pas bergan o'yinchilar


APLda eng ko'p gol urgan jamoalar. Hujumkor o'yinchilarni ko'proq shu jamoalardan tergan yaxshiroq.


MONETALAR

SHuningdek, "eplmanager.com"da qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun monetalar sotib olishingiz mumkin. To'lovni "VISA", "MasterCard" va "Click" orqali amalga oshirishingiz mumkin. "Click" orqali 100 monetani 8 ming so'mga xarid qilasiz.

Monetalar sotib olish sizga nima beradi?


1. Har bir tur oldidan 250 moneta evaziga faqatgina o'sha tur uchun cheksiz transferlarni amalga oshirishingiz mumkin. Moneta ishlatmagan taqdiringizda sizda faqat bitta tekin transferni amalga oshirish imkoni bo'ladi. Yani, uch hujumchingizdan ikki nafari jarohat olgan bo'lsa, u holda siz cheksiz transferlarni sotib olganingiz maqul.

2. 300 moneta evaziga bir klubdan 3 emas, 4 nafar futbolchi olish imkonini beradi. Bu butun mavsum uchun amalda bo'ladi.



Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика