“Energetik-BGU” tarkibidagi 2 futbolchida koronavirus aniqlandi
14 may 2020 19:50
Yangiliklar


“Energetik-BGU” tarkibidagi 2 futbolchida koronavirus aniqlandi
Belarus chempionatida qatnashayotgan ikki klubda koronavirus bilan kasallangan futbolchilar aniqlandi.
Jumladan, “Isloch”dagi bir o'yinchining COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgani tasdiqlangan, ikkinchisida esa virus alomatlari borligi aytilmoqda.
SHu tufayli, jamoa 10 kunga yakka tartibdagi izolyaciya olingan, ammo bu chempionat davom ettirilishiga tasir qilmaydi.
SHuningdek, “Energetik-BGU” safida koronavirus bilan kasallangan 2 futbolchi borligi aytilmoqda. Ulardan biri mahalliy, yana biri esa legioner. Xastalangan o'yinchilar individual davolanadi.
Avvalroq, “Minsk” azosida ham koronavirus belgilari aniqlangan edi. Biroq, tahlillar uning sog' ekanligini ko'rsatgan.
O’xshash yangiliklar
12:28
"Andijon" sobiq futbolchisi O'zbekiston, Qozog'iston va Belarus chempionatlarini o'zaro solishtirdi 6

Fikrlar