So’nggi yangiliklar

19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  0 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  3 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  5 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0

"Andijon" sobiq futbolchisi O'zbekiston, Qozog'iston va Belarus chempionatlarini o'zaro solishtirdi Yangiliklar

"Andijon" sobiq futbolchisi O'zbekiston, Qozog'iston va Belarus chempionatlarini o'zaro solishtirdi

"Turon" yarim himoyachisi Abinur Nurimbet 20 yoshida uchta chempionat – Belarus, O'zbekiston va Qozog'istonning yuqori divizionlarida to'p tepishga ulgurdi.

U o'z tajribasidan kelib chiqib, ushbu ligalarni solishtirdi.

"Belarusda oliy liga darajasidagi ilk tajribamni orttirdim. Kattalar futboliga o'tishimda mahalliy murabbiylarning menga bo'lgan ishonchi va qo'llab-quvvatlashi ko'zga tashlangandi.

O'zbekistonda ko'pchilik futbolchilar yuqori darajadagi texnikaga ega bo'lib, mahoratni tezlik bilan namoyish eta olishadi. Qozog'iston chempionati bilan taqqoslash hozircha men uchun mushkul, chunki mavsum endigina boshlandi", – dedi Nurimbet.

Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum "Turon" safida 8 uchrashuvda ishtirok etdi. U QPLdagi debyut mavsumidayoq Turkiston jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo'lib oldi.

Eslatib o'tamiz, Abinur Nurimbet 2024 yil bir muddat "Andijon"da o'ynagan va "burgutlar" tarkibida 6 ta o'yin o'tkazgan edi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
05 may 14:05:52
xojayli
Sarlavxani aldamay yozing
+1   
05 may 12:44:16
Khaydarov Khaydarov
Qozogistonda Asosiy o'yinchiga aylangan bo'lsa demak bizga yetishiga ancha bor ekan bularni. Chunki bizda Asosiyga ham kirolmagandi bu bola
   
05 may 17:46:31
Бахтиёр Ашуров
leva8989 foydalanuvchining fikriga javob berish
Bate,Minsk,Astana,Qayrat kabi jamoalarni bizni Nasaf,AGMK,Bunyodkorlar ursa kerak
Балки. Лекин Қозоқғизтон ва белорусда бомбардир бўлган футболчиларимиз. Ўзбекистонда бармоқ билан санарлий гол киришган!
   
05 may 15:34:22
leva8989
Bate,Minsk,Astana,Qayrat kabi jamoalarni bizni Nasaf,AGMK,Bunyodkorlar ursa kerak
   
05 may 14:39:23
Davlatbek Alibekov
Khaydarov Khaydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Qozogistonda Asosiy o'yinchiga aylangan bo'lsa demak bizga yetishiga ancha bor ekan bularni. Chunki bizda Asosiyga ham kirolmagandi bu bola
Андижонга у'сиш ва машк, к,илиш учун келди ва ку'п нарсани у'рганди энди бемалол усталар жамоасида у'йновради
   
05 may 12:48:46
Ulugbek Xasanov
Khaydarov Khaydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Qozogistonda Asosiy o'yinchiga aylangan bo'lsa demak bizga yetishiga ancha bor ekan bularni. Chunki bizda Asosiyga ham kirolmagandi bu bola
Ha jurnalist ham shunga ishora qilib oʻtti sezgan boʻsayiz
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика