So’nggi yangiliklar

14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  0 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   1 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  9 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  3 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  16

Belarus chempionati. Yaxshiboev va Umarov maydonga tushgan bahsda "Energetik" autsayderga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Belarus chempionati. Yaxshiboev va Umarov maydonga tushgan bahsda "Energetik" autsayderga mag'lub bo'ldi

Belarus chempionati 13-turida hamyurtlarimiz to'p tepadigan “Energetik-GBU” jamoasi o'z maydonida “Belshina” bilan kuch sinashdi.

"Energetik-BGU" - "Belshina" 0:1

Gol: Kovel 47.


"Energetik-BGU" - "Belshina"

"Energetik-BGU": Lesko, Girs, Matavu, Miroshnikov, Nosko, Svirepa, Tve, UMAROV, SHkurdyuk, Yudchic, YAXSHIBOEV.


"Belshina": Xaritonovich, Rekish, Bashilov, Glebko, Grek, Kovel, Malyarov, Nechaev, Salimov, Solanovich, Yasyukevich.

UCHRASHUV YAKUNLANDI


90+5. "Energetik" uchun so'nggi imkoniyat. Yaxshiboev jarima zarbasini ijro etishga tayyor. Jasurning uzatmasi himoyachilar tomonidan qaytarildi.

90+3. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan 5 daqiqaning yarmi o'tib bo'ldi.

90+1. Yaxshiboev jarima zarbasi orqali to'pni raqib maydonchasiga tashladi, ammo to'pni darvozaga to'g'irlab qo'yadigan futbolchi topilmadi.

89. "Energetik"ning hisobni o'zgartirish uchun qilgan harakatlari befoyda yakunlanishda davom etyapti.

80. Bahsning asosiy vaqti yakunlanishiga 10 daqiqa qoldi, ammo Jasur Yaxshiboev o'yinda ko'rinmay qolyapti.

78. Mezbonlarning hujumlari soni keskin kamayib ketdi. Endi "Belshina" hujumda faol harakat qilyapti.

73. "Energetik" futbolchisi hujum vaqtida jarohat olgani tufayli bahs to'xtatilgan. SHifokorlar maydonda tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

72. ZARBA! Xaritonovich raqib futbolchilarining zarbalarini qaytarishdan to'xtamayapti. 

69. Yaxshiboev bir raqibni aldab, darvozaga zarba berdi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi.

65. Jasur Yaxshiboev jamoasining hujumda ishi yurishmayapti. Bazi hujumlarni posbon va himoyachilar bartaraf etsa, boshqalarini to'sin hamda ustunlar yo'qqa chiqarmoqda.

63. Tvening zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi, mezbonlarning omadi kelmayapti.

61. "Energetik" raqib jarima maydonchasi chizig'i yonginasida jarima zarbasi ishlab oldi.

59. Mezbonlar kombinacion hujum amalga oshirishga urinishyapti, biroq "Belshina" himoyachilari yaxshi harakat qilib, raqib yaratayotgan xavfni bartaraf etmoqda.

55. "Energetik"ning sanoqlik muxlislari o'z jamoasini bor kuchi bilan qo'llab turishibdi.

51. Aleksey Nosko uzoq masofadan to'pga zarba berib, hisobni tenglashtirishga urindi, ammo to'p yo'nalishi noaniq.

47. Gol! Mehmon jamoa vakillari hisobni ochishdi. Kovel jamoadoshining havolatib uzatgan to'pini boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'ydi.

46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS 0:0

Saytimizda yuzaga kelgan bazi muammolar uchun uzr so'raymiz.

12. "Energetik" futbolchisi Tve darvozabon bilan birga-bir chiqib ustunni nishonga oldi.

10. Yaxshiboev o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, ammo himoyachilarni aldab o'tolmagach, to'p jamoadoshiga uzatdi.

8. "Energetik"ning kam sonli hujumlaridan biri to'pni oldirish bilan yakunlandi.

6. Uchrashuvda hisob ochilishiga bir bahya qoldi, "Belshina" futbolchichi to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, ammo uning jamoadoshi to'pga zarba bera olmadi.

1. Uchrashuv boshlandi.




Mazkur bellashuvda hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev SHahboz Umarov va odatdagidek uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, “Energetik –GBU” – “Belshina” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика