So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  3 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" "SHaxtyor"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" "SHaxtyor"ga mag'lub bo'ldi

Belarus chempionati 27-tur doirasidagi "Energetik-BGU" - "SHaxtyor" (Soligorsk) o'yini yakuniga etdi.

"Energetik-BGU" - "SHaxtyor" 1:2

Gollar: Yudchic 61 - Kendish 6, Podstrelov 32.

YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Bahsning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

84. "SHaxtyor" futbolchisi raqib maydonchasi oldida yiqilgan edi, hakam uni simulyaciya ishlatganlikda ayblab, sariq kartochka ko'rsatdi.

73. O'zgarish: Yaxshiboev maydonni tark etdi. Uning o'rniga Karioka bahsni davom ettiradi.

68. "Energetik" hisobni tenglashtirish uchun bir necha santimetr etishmadi. Mezbon jamoa futbolchisining zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

65. Bakichning uzoq masofadan bergan aylanma zarbasi "SHaxtyor" posbonini shoshirib qo'ydi, ammo to'p biroz yuqoridan o'tib ketdi.

61. GOOOL! "Energetik" sardori Yudchic penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi.

60. PENALTI! Bakich "Energetik" uchun penalti ishlab oldi.

56. ZARBAAA! Bakichning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegib, qaytdi.

54. Iminov ijro etgan standartdan so'ng "Energetik" burchak zarbasi ishlab oldi. Burchak zarbasini Umarov o'yinga kiritdi, ammo "SHaxtyor" futbolchilari himoyada ishonchli harakat qilishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+. "Energetik" yana bir qulay standartga ega bo'ldi. Umarov darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, biroq jonli devor osti orqali berilgan zarba darvoza yonidan o'tib ketdi.

41. Bakich hisobni qisqartirishga juda yaqin kelgandi, ammo Gutorning superseyvidan so'ng to'p maydonni tark etdi.

38. Umarovning jarima maydonchasiga tashlagan to'pidan so'ng "Energetik" futbolchisi raqib darvozasiga kuchsiz zarba berdi va mehmon jamoa posboni to'pni osonlik bilan egallab oldi.

37. "Energetik" jarima zarbasi ishlab oldi. To'p qarshisida SHahboz Umarov.

32. GOOOL! 0:2! Yaxshiboev to'pni burchakdan jarima maydonchasiga pastlatib uzatdi va Kendish to'pni Podstrelovga oshirdi. Podstrelov esa uzoq burchakni nishonga oldi va hisobni 0:2ga etkazdi.

28. Kabananga huddi Jasur Yaxshiboev kabi zarba berdi va uning natijasi ham o'xshash bo'ldi.

26. Yaxshiboev yaqin masofadan "Energetik" darvozasiga zarba berdi, ammo to'p noqulay kelgani tufayli to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

22. "SHaxtyor" qanotdan hujumga o'tdi. Jasur Yaxshiboev jamoadoshidan uzatmani kutgandi, ammo pas uning yo'liga emas, ortiga berildi va hujum yo'qqa chiqdi.

19. Umarov o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yiqildi, ammo hakam bu vaziyat fol emasligini ko'rsatib, bahsni davom ettirdi.

16. "SHaxtyor" ikkinchi golni urishga yaqin keldi, ammo qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burib qo'yadigan futbolchi topilmadi.

15. Mezbonlar qanotlar orqali hujum uyushtirishga harakat qilishmoqda, ammo raqibning tajribali himoyachilari bunga imkon berishmayapti.

9. Gol o'tkazib yuborgan "Energetik" to'p nazoratini qo'lga oldi va hisobni tenglashtirish uchun ko'pchilik bo'lib hujumga o'tmoqda.

6. GOOOL! Hisob ochildi, Antichdan to'pni qabul qilgan Kendish jarima maydoni ichidan zarba berdi va o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi.

5. Jasur Yaxshiboev burchakdan uzatgan to'p hech kimga tegmay, qarama-qarshi tomonga o'tib ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- "Energetik-BGU"da Umarov va Iminov, "SHaxtyor"da esa Yaxshiboev o'yinni asosiy tarkibda boshlashadi.

"Energetik-BGU": Makavchik, Mavatu, Yudchic, Sokol, Svirepa, Sovpel, Umarov, Iminov, Bakich, SHkurdyuk, Musaxanyan.

"SHaxtyor": Gutor, Antich, Selyava, Xadarkevch, Begunov, Balanovich, Kendish, Podstrelov, Ivanovich, Yaxshiboev, Kabananga

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика