So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ финали. ПСЖ - "Интер" 0:0 (матнли трансляция)  25 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  0 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  56 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  0 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0 17:07АПЛнинг учта клуби Барколяни нишонга олди  1

Eldor SHomurodov ProSports Management kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

Eldor SHomurodov ProSports Management kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi

ProSports Management kompaniyasi Osiyoning eng qobiliyatli yosh futbolchisi, O'zbekiston terma jamoasi hamda Toshkentning "Bunyodkor" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov bilan shartnoma tuzganini elon qildi.
Bu haqda championat.asia kompaniya rasmiy saytiga tayanib xabar berdi. ProSports Management vakili Nikita Panasyuk nima uchun SHomurodov bilan shartnoma tuzilganini tushuntirib berdi.

- SHomurodov 21 yoshda, universal hujumkor futbolchi, bazida qanotda, markaziy hujumda va hujumchi ortda o'ynay oladi.

O'yin uslubi va qobiliyati jihatidan Andrey Yarmolenkoni eslatib yuboradi: tezkor, baquvvat, texnik tomonlama kuchli, maydonni yaxshi ko'ra oladi, qarshi hujum vaqtida tez qaror chiqara oladi.

Eldor jismonan baquvvat ekanligi uchun to'p uchun raqiblar bilan kurasha oladi. 182sm bo'yga ega hujumchi juda tez yuguradi, boshang'ich tezligi kuchli, ikkinchi qavatdagi kurashlarda va standart vaziyatlar vaqtida juda foydali.

SHomurodovda dribling ham ancha yuqori. Bitta o'yinda o'rtacha 6 marta raqiblarni aldab o'tadi. Taqqoslash uchun, Juliano ("Zenit") o'rtacha 5 marta, Promes ("Spartak") o'rtacha 8 marta aldab o'tadi.

Odil Ahmedov "Paxtakor"dan "Anji"ga ko'chib o'tgach darhol yuqori saviyada o'yin ko'rsatgandi. SHomurodov terma jamoada ham yaxshi o'ynamoqda: 12ta o'yinda 4ta gol va 1ta golli pas.

Osiyolik futbolchilar yangi muhitga ko'nikishlari juda qiyin kechadi: Biroq Denisov va Ahmedovning faoliyati buning teskarisini ko'rsatdi. Eldor ruschada yomon gapirmaydi, Evropaga o'tishni istasa, ingliz tilini o'rganishni boshlaydi.   

Eldorning statistikasi yomon emas: to'liq bo'lmagan 2 mavsumda 19ta gol urdi va 7ta golli pas oshirdl.

Kuchli jamoa va kuchli sheriklar bilan birga futbolchi yanada rivojlana oladi. SHomurodov ayni paytda O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor"ning etakchi futbolchisi hisoblanadi.
Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика