So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  18 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Vitaliy Levchenko: "Chempionatda tanaffus yuzaga kelganida shu kabi o'rtoqlik o'yinlari jamoa uchun foydali bo'ladi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Chempionatda tanaffus yuzaga kelganida shu kabi o'rtoqlik o'yinlari jamoa uchun foydali bo'ladi"

Teglar :  Vitaliy Levchenko
Farg'onada tashkil etilgan "Neftchi" - "Qo'qon-1912" (1:1) nazorat uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin o'tkazdik. Yigitlarda natija bosimi yo'q va xotirjam harakat qilishdi. Tarkibda ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirdik, kelgusidagi o'yinlarimiz uchun turli uslublarni sinovdan o'tkazib oldik. FIFA kunlarida shu kabi o'rtoqlik o'yinlari jamoa uchun foydali bo'ladi.

- Bugungi o'yinda ko'plab yosh futbolchilar maydonga tushirildi. Ular ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz qanday?

- Ularning harakatlari yomon emas. Tajriba kerakligi ko'rinib turibdi. Mashg'ulotlarda yosh futbolchilar bilan ishlayapmiz. Shu kabi o'yinlarda vaqt berib, chiniqtirib boramiz. Ular o'zlarini ko'rsatishlari kerak, shunaqa imkoniyatlardan foydalanib, asosiy tarkibga munosib ekanliklarini isbotlashlari lozim bo'ladi.

- Bilolxon Toshmirzaev bugungi o'yin qaydnomasiga kiritilmaganiga sabab nima?

- Toshmirzaev chempionat kubok o'yinlarida maydonga tushdi. Bugun unga bir oz dam olish imkoniyatini berdik. Bilolxon bilan hammasi joyida va keyingi o'rtoqlik bahsida maydonga tushiramiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика