Bahrom Haydarov: "Selekciya ishlari har bir jamoada muntazam davom etadi"
31 may 2025 22:50
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Selekciya ishlari har bir jamoada muntazam davom etadi"
O'yin haqida
- Bugungi nazorat uchrashuvi futbolchilarning jismoniy holatlarini sinovdan o'tkazib olish maqsadida tashkil etildi. Har ikki jamoa uchun ham bugungi o'yinda navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab berardi. Birinchi bo'limda "Neftchi" mahorat bobida bir oz ustunlik qildi. Shunga qaramay yigitlar raqibga kurash taklif qila olishdi. Ikkinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi.
- Jamoa darvozaboni Azizxon Isaqov birinchi bo'limdayoq almashtirildi. Bu jarohat bilan bog'liqmi?
- Yo'q, Isaqov jarohat olmadi. Tarkibimizda 3 nafar darvozabon bor. Bugun ularning barchasiga 30 daqiqadan o'yin amaliyotini berdik. Bu avvaldan o'ylangan reja edi.
- Yozgi transferlar vaqtida jamoaga to'purar hujumchi jalb etish rejasi bormi?
- Har bir jamoada selekciya ishlari muntazam davom etadi. Bizda ham doimiy har bir chiziq bo'yicha nomzodlarni o'rganamiz. Bizning hujumchilardan kuchliroq to'purar topsak, jamoaga jalb qilamiz.
- Bugun yosh futbolchilarga ham imkon berdingiz. Ular ko'rsatgan o'yin haqida fikringiz?
- Ular hali yosh. Shu kabi o'yinlar orqali chiniqadi va tajriba to'plashadi. Kelgusida ularni yaxshi futbolchi bo'lib etishishlariga umid qilamiz.
Bekzod Tolibov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar