So’nggi yangiliklar

08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  0 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0

Eldor Sakaev: Muxlislarimizga katta rahmat Yangiliklar

Eldor Sakaev: Muxlislarimizga katta rahmat

Istiqlol hamda Andijon jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng andijonliklar bosh murabbiyi Eldor Sakaev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun qiyin o'yin bo'lishini bilardik. CHunki «Istiqlol» jiddiy raqib edi. Qolaversa, bu jamoani tajribali murabbiy boshqarmoqda. Lekin biz futbolchilarimizni faqat g'alaba qozonish ruhida tayyorladik. Ayniqsa, tezkor urilgan gol ruhiyatimizni yanada ko'tarib yubordi.

- Bizni qo'llab-quvvatlash uchun Andijondan kelgan muxlislarga alohida minnatdorchiligimni bildiraman. Biz Andijon xalqi uchun, ularni xursand qilish uchun o'ynayapmiz. SHuningdek, bizga ajoyib sharoitlarni yaratib berayotgani uchun Andijon viloyati hokimi SHuhratbek Qo'shoqboevich Abdurahmonovga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

- Aytishim kerakki, dastlabki turda «Mashal»ga qarshi o'yinimizdan ko'ra bu safargi bellashuv biz uchun og'ir kechishi aniq edi. SHunga qaramay, futbolchilarimiz ajoyib o'yin namoyish etishdi. Golli imkoniyatlardan samarali foydalana olganimiz tufayli ham hisob yirik ko'rinish oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика