Eldor Sakaev: Stadionda bugungidek atmosfera bo'lsa, futbolchilar ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi

Alisher
25 mar 2021, 15:30
Pro liga 1-turi doirasidagi Dinamo - Yangier (2:1) o'yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Sakaev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"O'yin xavfli hujumlarga boy o'tdi. Maydonning har bir qarichi uchun kurash kechdi. Raqiblarimiz gol urgan birinchi vaziyatda xatolarimiz uchun jazolandik, ko'p o'tmay hisobni tenglashtirishga erishdik. Biroq so'nggi daqiqada yana hushyorlikni yo'qotib, himoyadagi pala-partishlikdan gol o'tkazib o'tkazib yubordik. Alamli mag'lubiyat. Bu hali mavsum boshlanishi, xatolar ustida ishlaymiz.

Samarqandda o'zim ham ishlaganman, bu yerda har doim muxlislar jamoani o'yinni oxirigacha olg'a boshlashadi. Bugun ham shunday bo'ldi. Bizni ham qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat deyman. Futbol tomoshabinlar bilan go'zal. Stadionda bugungidek atmosfera bo'lsa, futbolchilar ham ikki hissa kuch bilan harakat qiladi. Bugun hech kim himoyada o'tirib olgani yo'q, ikki jamoa ham hujumkor to'p surib, tomoshabop o'yin ko'rsatdi. Har bir o'yinda mana shunaqa jang bo'lsa kerak.

To'g'ri, Yangier debyutant jamoa. Shunga qaramay, oldimizga har bir o'yinda g'alaba qozonish talabi qo'yilgan. Jamoamiz xususiy klub, klubimiz prezidenti futbolni juda yaxshi ko'radi. Har bir o'yinda Pro ligadagi raqobatbardosh klub ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak.

Chindanam Yangier katta tarixga ega klub bo'lsa-da, o'tgan yildan boshlab yana avvalgi ananalarini tiklashga kirishgan. Klubimiz rahbari jamoa mavqeini tiklamoqchi. Bu yo'lda barchamiz birlashib, faqat yaxshi natijalar va yuqori o'rinlar uchun intilamiz. Oson bo'lmasligi aniq, shunga qaramay biz kabi har bir futbolchimiz ham o'z kuchiga ishonadi", - deydi murabbiy.

→ Hakim Fuzaylov: Samarqanddagi ajoyib futbol atmosferasi ham so'nggi daqiqalarda g'alaba qozonishimizga yordam berdi 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz