"Elche" jamoani qutqarib qolish uchun Janubiy Amerikaning eng yaxshi murabbiylaridan birini olib keldi
21 mar 2023 22:53
Yangiliklar
"Elche" jamoani qutqarib qolish uchun Janubiy Amerikaning eng yaxshi murabbiylaridan birini olib keldi
"Elche" yangi bosh murabbiyni tanishtirdi.
Unga ko'ra, jamoani Sebastyan Bekkasese boshqaradi. 42 yoshli mutaxassis bilan klub 2023/24 yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Argentinalik murabbiy LaLiga jamoasida Pablo Machinning o'rnini egalladi va ushbu mavsumdagi "Elche"ning to'rtinchi bosh murabbiyi bo'ldi.
Qayd etish kerak, mutaxassis bunga qadar "Defensa va Xustisiya" jamoasini boshqargan va 2021 yilda Janubiy Amerika Superkubogini qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, "Elche" 13 ochko to'plagan holda LaLiganing so'nggi jamoasi bo'lib turibdi. 19-o'rindagi "Almeriya" hisobida 26 ochko bor.
Fikrlar