So’nggi yangiliklar

16:44Big name, Big team, Big coach...  2 16:19"Футбол олами". Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" ғолиб, водий дербисида "Андижон" ютқазди, "Бунёдкор" - "Насаф" 2:2  0 16:10"Фабио футболчи ва мураббий сифатида катта тажрибага эга" – хорижлик мутахассислар муносабати  5 15:47"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусанов туфайли режасини ортга суради  4 15:25"Арсенал" Йилдиз трансферидан умидвор  0 15:03Каннаваро қандай мураббий?  10 14:3924 ёшли дарвозабон, кучли жамоани ютган водий жамоаси устози, МТЖ ҳужумчиси — Суперлигада 24-турнинг энг яхшилари  1 14:15Фабио Каннаваро ҳақида билишингиз керак бўлган 15 та факт  6 13:54Гиоргадзе, Абдусаломов, Жалолиддинов, Кенжабоев, Сергеев... Суперлига 24-тур рамзий терма жамоаси  4 13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  1 13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  3 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  25 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  2 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  1

Ekspert fikri. Kamoliddin Murzoev Eron bilan o'yin haqida: "Paxtakor" futbolchilari OCHLda katta kuch yo'qotishgani sezildi. Qolganlarga etiroz yo'q" Yangiliklar

Ekspert fikri. Kamoliddin Murzoev Eron bilan o'yin haqida: "Paxtakor" futbolchilari OCHLda katta kuch yo'qotishgani sezildi. Qolganlarga etiroz yo'q"

O'zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi ko'rsatgan o'yini kim uchundir kutilgan bo'lsa kim uchundir kutilmagan bo'ldi.

Hammaning fikri turlicha. Afsuski, vakillarimiz forslar oldida yana ojiz qolishdi. Abramov esa Toshkentda yana Erondan mag'lubiyat qabul qilib olishga majbur bo'ldi. O'rtoqlik uchrashuvi o'z nomi bilan o'rtoqlik o'yini. Natija birinchi o'rinda turmasligi aniq. Lekin, stadionga kelgan muxlislarga, uzoq vaqt terma jamoani o'yinini intiqib kutgan ishqibozlarga g'alaba orqali ko'tarinkilik berish mumkin edi. SHunisi aniqki, Eron bilan o'yinda hech bir futbolchimiz o'z darajasida o'ynagani yo'q, raqib bo'sh hudud qoldirmaslikka harakat qildi va qaysidir manoda buni uddaladi. Keraksiz joylardagi to'p yo'qotishlar raqib hujumini havli tus olishiga olib keldi. Oddiy uzatmalardagi xatolar, qaror qabul qilishda ikkilanishlar shu kuni bizning asosiy kamchiliklarimizdan biri bo'ldi menimcha. Bu mening shaxsiy fikrim.

 Bunday pallada yana ekspert fikriga yuzlanishga qaror qilib sobiq futbolchi, O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevga murojaat qildik.

"O'rtoqlik maqomidagi uchrashuvlar avvalo murabbiylar shtabi uchun zarur hisoblanadi. Futbolchilar qanday holatda, qanday taktik shakllarda o'ynash mumkin, nimalarga etibor berishimiz kerak degan savollarga javob olishadi. Rasmiy o'yinlar oldidan bunday o'yinlar kerak. O'yinni tashkil qilish jihatidan ikki terma jamoada ham katta farq sezilmadi. Eron terma jamoasini yaxshi bilamiz, Osiyoda o'z mavqega ega bo'lgan kuchli terma jamoalardan biri. OCHLda bu mamlakat klublari qanday ishtirok etganidan ham buni bilishimiz mumkin. Albatta, biz muxlis sifatida terma jamoamizdan g'alabalar va yuqori natijalar kutishimiz tayin. Umuman olganda o'yinning surati yomon bo'lmadi. Faqat, terma jamoadagi "Paxtakor" futbolchilarining OCHLdan so'ng tiklanib olishmagani ko'zga tashlandi. CHunki, ular Qatarda katta kuch yo'qotib kelishdi. SHu bois tiklanib olishlariga vaqt ham bo'lmadi. Qolgan futbolchilarga etiroz bildira olmaymiz. Futbolchilar murabbiyning tuzgan o'yini bo'yicha harakat qilishdi.

Hujum chizig'ida nechta futbolchi bilan o'ynash har bir murabbiyning o'ziga bog'liq. Kimdir ikkita markaziy hujumchi bilan o'ynashni maqul ko'rsa, yana boshqasi bitta hujumchi bilan. Bizda nominal bitta markaziy hujumchi o'ynagani bilan ikki qanotda tezkor vingerlarimiz to'p tepishdi. Bu esa hujum uyushtirish paytida 4-3-3 sxemasida harakat qilish imkonini beradi. 

Bu milliy terma jamoaning o'yini. Anchadan beri deyarli bir yildan beri muxlislar qarshisida futbolchilar terma jamoa libosida o'ynashmagan edi. Tabiiyki, bunday holatda har bir futbolchida hayajon va javobgarlik hissi oshadi. Etibor bergan bo'lsangiz Eron katta kuch bilan oldinga o'tmadi. Asosan raqibni o'z maydonida qarshi oldi. Bizning futbolchilarning xatosini poylab qarshi hujumlarga tayanib o'ynashdi",- deydi Murzoev.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика