So’nggi yangiliklar

21:01"Пахтакор" Россия жамоасига мағлуб бўлди  3 21:00"Истанбул Башакшехир" — "Бешиктош". Таркиблар маълум  10 20:40"Насаф" U21 Қашқадарё вилояти ҳокими кубогини қўлга киритди  0 20:33"Арсенал" — "Уиган". Таркиблар маълум  1 20:00“Нефтчи” икки футболчисини “Қўқон-1912”га ижарага берди  10 19:49"Сурхон" Грузия клубини мағлуб этди  2 19:42"Андижон" легионери жамоани тарк этди  6 19:21"Райо Вальекано" — "Атлетико". Таркиблар маълум  12 19:05Элит ОЧЛ. "Насаф" "Шаржа"га қарши қизил либосда ўйнайди  7 19:00"Арал" янги дарвозабон билан шартнома имзолади  0 18:55Фабрегас: "Мората футбол ўйнашни йиғиштириб, бошқа спорт билан шуғуллансин"  3 18:28"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Шаржа" легионери жамоани тарк этди  7 18:01Назорат ўйини. “Гулистон” “Орол”дан устун келди  2 17:11Эндрик январь ойида Лига 1нинг энг яхши футболчиси деб топилди  18 16:40"Фиорентина"да юрак хуружини бошдан кечирган Бове 14 ойдан сўнг футболга қайтди  4

Eden Azarning “CHelsi” muxlislariga xayrlashuv maktubi Yangiliklar

Eden Azarning “CHelsi” muxlislariga xayrlashuv maktubi

Eden Azar “CHelsi” muxlislari va rahbariyatiga so'nggi maktubini yozdi.

“CHelsi”dagi do'stlarim va oilamga! Siz endi mening “Real”ga o'tganimni bilasiz. Bolaligimda birinchi golimni urgan vaqtimdan beri shunday jamoada o'ynashni orzu qilganim hech kimga sir emas. Endi esa klublar ham kelishuvga erishdi. Faoliyatimda yangi bosqich boshlayotganimni tushunasiz degan umiddaman. “CHelsi”dan ketish faoliyatimdagi eng qiyin qaror bo'ldi. 

“CHelsi”ga kelganimda atigi 21 yoshda edim. Bu erda ham futbolchi ham inson sifatida o'sishga erishdim. Sizlar mening Belgiya terma jamoasi sardoriga aylanishimda yordam berdingiz. Albatta, jamoa uchun ham shaxsan men uchun ham qiyin davrlar bo'ldi. O'yinimiz chiqmagan vaqtlarda ham, maydonda borimni berishga intildim. Bularning barchasi esa, albatta, sizlarning takrorlanmas qo'llab-quvvatlashingiz orqali sodir bo'ldi. Bu kurash ruhiyati va xohishi. Bu taslim bo'lmaslikka intilish. Bu “CHelsi” madaniyatining bir qismi.

Jamoadan ketishdan oldin, barchangizga ajoyib do'stona munosabat uchun tashakkur bildirmoqchiman. Ajoyib davrlarni birgalikda o'tkazdik. Mister Abramovich va jamoa rahbariyatiga ikki narsa uchun rahmat aytmoqchiman. Birinchisi — “CHelsi” o'yinchisi bo'lganim uchun, ikkinchisi esa “Real” azosiga aylanganim uchun. Hammaga omad tilayman, do'stlarim”,—deya yozadi Eden Azar.

Reyting: +96   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика