Eden Azar Ronaldu bilan birga o'ynashni xohlashini, “Barselona” ECHLda g'olib chiqishi qiyinligini aytdi
29 mar 2019 22:32
Yangiliklar
Eden Azar Ronaldu bilan birga o'ynashni xohlashini, “Barselona” ECHLda g'olib chiqishi qiyinligini aytdi
-Kuni kelib Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada paydo bo'lishni xohlarmidingiz?
-Albatta, Ronaldu bilan birga harakat qilsam va uning mahorat darajasiga etishsam ajoyib ish bo'lardi.
-Siz bahs davomida himoyaga o'tishni yomon ko'rasiz, shunaqami?
-To'g'ri.
-Birvarakayiga 3ta gamburgergni eya olasizmi?
-Agar ular kichkina bo'lsa, ha. Biroq, gamburgerlar katta bo'lsa, u holda uchinchisidan voz kechishimga to'g'ri keladi.
-Qachondir sigaret chekkanmisiz?
-Ha, bunday bo'lgan.
-“Tottenxem” yoki “Arsenal”?
-Bolaligimda menga Terri Anri yoqar edi.
-“Real” yoki “Barselona”?
-Ikkalasi ham buyuk jamoalardir.
-Qachondir “Oltin to'p”ni qo'lga kirita olasizmi?
-Ha!
-Bir kun kelib Xitoyda o'ynashingizga qanday qaraysiz?
-Yo'q, u erda o'ymayman.
-“Barselona” joriy mavsum CHLda g'olib chiqa oladimi?
-Balkim. Biroq, Krishtianu Ronaldu deyarli har mavsum ushbu sovrinni boshi uzra ko'tarmoqda. O'ylashimcha, “Barselona”ning muvaffaqiyat qozonishi sal qiyinroq bo'ladi.
-“CHelsi” yoki “Real”?
-“CHelsi”.
-Joze Mourino yoki Rafael Benites?
-Mourino, - deya jurnalistga javob qaytargan Azar.
Fikrlar