Eden Azar Ronaldu bilan birga o'ynashni xohlashini, “Barselona” YCHLda g'olib chiqishi qiyinligini aytdi

Eldor Akmurzayev
29 mar 2019, 22:32
“Chelsi” a'zosi Eden Azar Marcaʼga bergan intervyusida bir qator qiziqarli savollarga javob qaytardi.

-Kuni kelib Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada paydo bo'lishni xohlarmidingiz?

-Albatta, Ronaldu bilan birga harakat qilsam va uning mahorat darajasiga yetishsam ajoyib ish bo'lardi.

-Siz bahs davomida himoyaga o'tishni yomon ko'rasiz, shunaqami?

-To'g'ri.

-Birvarakayiga 3ta gamburgergni eya olasizmi?

-Agar ular kichkina bo'lsa, ha. Biroq, gamburgerlar katta bo'lsa, u holda uchinchisidan voz kechishimga to'g'ri keladi.

-Qachondir sigaret chekkanmisiz?

-Ha, bunday bo'lgan.

-“Tottenxem” yoki “Arsenal”?

-Bolaligimda menga Terri Anri yoqar edi.

-“Real” yoki “Barselona”?

-Ikkalasi ham buyuk jamoalardir.

-Qachondir “Oltin to'p”ni qo'lga kirita olasizmi?

-Ha!

-Bir kun kelib Xitoyda o'ynashingizga qanday qaraysiz?

-Yo'q, u yerda o'ymayman.

-“Barselona” joriy mavsum CHLda g'olib chiqa oladimi?

-Balkim. Biroq, Krishtianu Ronaldu deyarli har mavsum ushbu sovrinni boshi uzra ko'tarmoqda. O'ylashimcha, “Barselona”ning muvaffaqiyat qozonishi sal qiyinroq bo'ladi.

-“Chelsi” yoki “Real”?

-“Chelsi”.

-Joze Mourinyo yoki Rafael Benites?

-Mourinyo, - deya jurnalistga javob qaytargan Azar.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca