Dyugarri: "Kavanining o'rnida bo'lsam, Mbappening boshiga musht tushirardim!"
04 mar 2020 22:56
Yangiliklar


Dyugarri: "Kavanining o'rnida bo'lsam, Mbappening boshiga musht tushirardim!"
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri PSJ futbolchisi Kilian Mbappeni tanqid qildi.
O'yinlardan birida Mbappe Edinson Kavaninig uzatmasidan keyin raqiblarini masxara qilib gol urishga harakat qilgandi. 21 yoshli francuz "rabona" uslubida to'p kiritimoqchi bo'ldi, ammo vaziyatdan foydalana olmadi.
"PSJ uchun 200ta gol urgan 32 yoshli Kavanining o'rnida bo'lsam, Mbappeni kiyim almashtirish xonasida kutib turardim va u etib kelganida boshiga musht tushirardim!", – dedi Dyugarri RMC telekanalining jondi efirida.
Malumot uchun, Mbappe Franciya chempionatining joriy mavsumida 20ta o'yinda maydonga tushib, 18 gol, 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar