So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Dunyoda faqat 13% odam ishidan zavqlanadi va Patrik SHik ular qatoriga kirmoqchi Yangiliklar

Dunyoda faqat 13% odam ishidan zavqlanadi va Patrik SHik ular qatoriga kirmoqchi

Teglar :  Patrik SHik Roma
Sendan harakat, mendan barakat degan naqlga amal qilayotgan futbolchi.

948 daqiqa, asosiy tarkibda 10ta o'yin, 8 marotaba zaxiradan maydonga tushish va 2ta gol. Mavsumning birinchi yarmi Patrik SHik uchun u qadar omadli bo'lmadi. Hujumchi muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Roma"dan ketmoqchi edi. Lekin rahbariyat bunga rozilik bildirmadi.

SHik esa ularning qarorini kutib o'tirmay, harakatni boshlab yubordi va mental murabbiy yolladi. Patrik faoliyatini "qutqarish" esa uning mashhur hamyurti Yan Mulfeyt zimmasiga yuklatildi.

Mulfeyt 22 yil davomida "Microsoft"da faoliyat olib bordi. 1993 yilda uning CHexiyadagi filialiga bo'lim boshlig'i etib tayinlandi. Keyinchalik "CEO"ga ko'tarildi. 2002 yilda esa EMEA (Evropa, Yaqin SHarq va Afrikaga javobgar tashkilot) vice-prezidenti bo'ladi. "Microsoft"da Yanning eng gullagan davri deb Evropa bo'limida prezidentlik lavozimidagi faoliyatini aytish mumkin. 2014 yil Mulfeyt to'liq mental treninglarga etiborini qaratadi. "Men insonlar, tashkilot va mamlakatlar o'z potencialini ochishida yordam beraman", — Yan Mulfeytning rasmiy saytidagi shiori aynan shunday.

"Agar odam o'z iqtidori hamda ustun tomonlarini tushunib etsa, u nafaqat samaraliroq ishlay boshlaydi, balki baxtliroq ham bo'ladi. Er yuzida bor yo'g'i 13% inson o'z ishidan zavqlanib faoliyat yuritadi. Qolganlar esa faqat pul uchun ishlaydi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, dunyo 13% inson uchungina ideal ko'rinishda namoyon bo'lmoqda", – deydi Mulfeyt.

Yan mijozlari ichida Olimpiya o'yinlari g'oliblari va muvaffaqiyat qozongan artistlar ham bor ekanligi etiborga loyiq. Demak, SHikning ham hayoti, ham maydondagi harakatlari o'zgarishini kutish qoldi xolos.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика