Shik jarohati sababli bir necha haftani o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
21 fev 2022, 00:57
"Bayer" hujumchisi Patrik Shik keyingi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda "aptekachilar" matbuot xizmati o'zining Twitter sahifasida xabar berdi.

26 yoshli chexiyalik futbolchi Bundesliganing 23-turidan o'rin olgan "Maync"ga qarshi o'yinda (2:3) jarohat oldi.

Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, futbolchining boldir mushaklari shikastlangani aniqlangan, shu sababli u bir necha haftani o'tkazib yuboradi.

Shik joriy mavsumda barcha musobaqalarda 24 o'yinda 20 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 28 gol urgan Robert Levandovskidan keyin Bundesligada ikkinchi to'purar bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/bayer04