Patrik Shik "Bayer" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
26 may 2022, 17:07
Hujumchi Patrik Shik "Bayer" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi shartnoma 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Bundan oldingi bitim 2024/25 yilgi mavsumning so'nggida yakuniga yetishi kerak edi.

26 yoshli Shik o'tgan mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/bayer04fussball