

Superliga
23-tur
"Neftchi" – "Xorazm" 2:2
Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 19:00
Gollar: Stipe Perica (Jamshid Iskanderov) 25’, Jamshid Iskanderov (Abror Ismoilov) 62’ – Rafael Tavaresh (Sunnatulloh Hamidjonov) 8’, Rafael Tavaresh (Elzio Lohan) 36’
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Elnur Doniyorov, Zufar Eliboev
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Vadim Agishev
Komissar: Vladimir Nazarov
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (34.Farruh Sayfiev, 74), 7.Abror Ismoilov (71.Bilolxon Toshmirzaev 84), 9.Xurshid G'iyosov (8.Vladimir Yovovich, 46), 10.Jamshid Iskanderov, 15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 18.Stipe Perica (32.Zoran Marushich, 74), 22.Alisher Odilov (11.Asilbek Jumaev, 74), 52.Koffi Kouao.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 27.Nurbek Sarsenbaev, 30.Rustambek Fomin.
"Xorazm": 77.Umidjon Ergashev, 5.Abbos Otaxonov, 9.Sardor Azimov (71.Umid Sultonov, 75), 10.Rafael Tavaresh (7.Temurbek Ismailov, 84), 13.Elzio Lohan (8.Nodir Abduxoliqov, 75), 15.Diyor Ortiqboev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 88.Abror Xo'sinov, 94.Rustamjon Abduhamidov (79.Aziz Axrorov, 68), 96.Rafael Sabino (6.Nurjahon Muzaffarov, 68).
Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 3.Ravshan Sultonov, 12.Maksim Shiryaev, 17.Daniil Nugumanov.
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90. Ikkinchi taymga ham 4 daqiqa qo'shildi.
89. Zarbaaa! Yovovich bir qancha aldamchi harakatlardan so'ng zarba yo'lladi, noaniq.
86. Zarbaa! Sayfievning o'ng oyoqdagi zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi.
84. “Neftchi”da almashtirish: Ismoilov o'rniga Toshmirshaev maydonga tushdi.
84. “Xorazm”da almashtirish: Tavaresh o'rniga Ismailov tushirildi.
81. Uuux! Ortiqboevning olis masofadan yo'llagan zarbasi sal noaniq chiqdi. U darvozabon oldinga chiqib ketganini o'z vaqtida payqagandi.
81. Uuux! Tavareshning yaxshi o'ylangan pasiga sheriklari ulgurishmadi.
76. Uuux! Ortiqboevning pasidan so'ng Axrorov yaqin masofadan noaniq zarba berdi, qanday vaziyat edi-ya!
75. “Xorazm”da 2 ta o'zgarish: Lohan o'rniga Abduxoliqov, Azimov o'rniga Sultonov uchrashuvni tugatib qo'yadi.
74. “Neftchi”da 3 ta almashtirish: Perica o'rniga Marushich, Yo'ldoshev o'rniga Sayfiev, Odilov o'rniga Jumaev tushirildi.
74. Zarba! Azimovning burchak zarbasidan oshirgan pasidan keyin Rafael Tavasher bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.
73. Pirmuhammadovning uzatmasidan keyin Ciger to'pni qaytardi.
71. Yo'ldoshev Azimovga nisbatan qoidani buzdi.
70. Zarbaa! Yo'ldoshevning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
68. “Xorazm”da 2 ta o'zgarish: Sabino o'rniga Muzaffarov, Abduhamidov o'rniga Axrorov o'yinga qo'shildi.
65. Yovovich katta tezlikda oldinga o'tib, jarima maydonchasi ichiga yorib kirmoqchi bo'ldi, biroq to'p undan uzoqlashib kyetib qoldi.
62. GOL! Ismoilovning havolatib oshirib bergan pasidan so'ng jarima maydonchasi ichida bir o'zi qolgan Iskanderov bosh bilan gol urdi - 2:2!

61. Uuux! Yovovichning chapdan o'ng qanotga uzatmasidan keyin Koauo kuchli zarba yo'lladi, sal noaniq.
59. Zarbaa! Abror Ismoilovning kuchli zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
57. Ismoilov va Iskanderov yon hakamga etiroz bildirmoqda.
55. Zarba! Azimovning erlatib bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
54. Iskanderov va Ismoilov ishtirokidagi kombinaciya Perica xalaqit qilgani bois to'xtab qoldi.
52. Ortiqboev qarshi hujumga o'tish chog'ida Kouao to'sig'iga uchradi va unga nisbatan qoidani buzdi.
49. Uuux! Ismoilovning pasidan keyin Yo'ldoshev trivela uslubida zarba yo'lladi, noaniq.
48. Zarbaa! Koffi Koauoning chap oyoqdan bergan zarbasini Umid Ergashev qaytardi!
47. Zarba! Jamshid Iskanderovning erlatib bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. “Neftchi”da o'zgarish: G'iyosov o'rniga Yovovich bahsni davom ettiradi.
Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
45+3. Uuux! Koffi Kouaoning kuchli zarbasi ustunga tegib qaytdi. Dahshat!
45+3. Zarbaa! Iskanderovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Ciger bosh bilan darvozaga yo'naltirdi, Ergashev o'z o'rnida!
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
43. Zarbaa! Kouaoning pasidan keyin Perica bosh bilan zarba berdi, sal noaniq.
42. Cigerning darvozabonga bergan pasini Lohan egallab olib, oldinga intildi, biroq unga Aliboev qarshilik qildi.
39. Tavaresh yaxshi vaziyatga chiqib borib, zarba yo'llayotgandi, biroq bunga himoyachi to'sqinlik qildi. Vaziyat yakunida ofsayd borligi ham ma'lum bo'ldi.
36. GOL! Lohanning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Tavaresh bosh bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:2!

32. Uuux! Ciger burchakdan oshirib berilgan to'pni darvozaga yo'naltirdi, biroq hakam u darvozabonga nisbatan qoidani buzdi deb topdi.
31. Zarbaa! Alisher Odilov bir necha futbolchini aldab, darvoza tomon zarba yo'lladi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.
26. Gol VAR orqali tekrishib chiqildi va inobatga olindi.
25. GOL! Iskanderovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Stipe Perica boshi bilan darvozana yo'naltirdi - 1:1!
24. Uuux! Alisher Odilovning kuchli zarbasini Umid Ergashev qiyinchilik bilan bartaraf etdi.
22. Zarba! Lohan yaqin masofadan zarba yo'lladi, Botarila Ergashev o'z o'rnida!
20. Rafael Sabino maydon markazida Pericaga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
18. Zarba! Odilovning uzatmasidan keyin G'iyosov bosh bilan zarba berdi, Umidjon Ergashev uni ilib oldi.
16. Azimov qanotda Yo'ldoshevga nisbatan qoidani buzdi.
13. Zarbaa! Odilovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Perica bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.
10. Iskanderovning burchak zarbasidan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Diyor Ortiqboev to'pni uzoqlashtirdi.
8. GOL! Rafael Tavaresh Hamidjonovning kelgan pasni qabul qilib olib, ko'kragi bilan to'pni to'g'rilab, zarba berdi va darvozani ishg'ol etdi - 0:1!
5. Zarba! Hamidjonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.
4. Uuux! Abduhamidovning arkobatik uslubda yo'llagan zarbasini Ergashev qaytardi!
1. Uchrashuv boshlandi!



