Patrik Shik APLga yo'l olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
29 dek 2021
Chexiyalik hujumchi Patrik Shik Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.

Yevropa chempionatidagi ajoyib o'yinlardan keyin hujumchi taslim bo'lmadi - u "Bayer" tarkibida Bundesligada porlashni davom ettirdi hamda Premer-liga klublarining e'tiborini tortdi.

Shik uchun "Vest Xem" katta mablag' sarflashga tayyor. "Bolg'achilar" 25 yoshli chexiyalik futbolchining transferi uchun 50 millionga yaqin mablag' ajratib, hujum poziciyasi uchun Maykl Antonioga raqobatchi qidirmoqda.

Aniqlik kiritib o'tish joizki, Shik ayni damda Germaniya chempionati to'purarlari ro'yxatida 16 ta gol bilan "Bavariya" yetakchisi Robert Levandovskidan ortda qolgan holda ikkinchi pog'onani egallab turibdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Star