Shik mavsumdagi 20-golini urdi va TOP-5 to'purari bo'lib turibdi

Omonjon To`xtamirzayev
19 fev 2022, 19:05
"Bayer" hujumchisi Patrik Shik Bundesliganing 23-turi doirasida "Maync" darvozasini ishg'ol qildi.

26 yoshli chex chempionat doirasida 20-o'yinida 20-golini urdi. To'purarlar poygasida u faqat "Bavariya" forvardi Robert Levandovskiydan ortda qolmoqda. Polshalik hisobida 22 bahsda 26 ta gol mavjud.

TOP-5da faqatgina Shik va Levandovski ushbu mavsum 20+ gol urishga muvaffaq bo'lib ulgurgan.

APLda Muhammad Salahda ("Liverpul") 22 o'yinda 16 ta gol, La Ligada Karim Benzem ("Real") 21 uchrashuvda 17, A Seriya vakili Chiro Immobile 19 ta gol (21 o'yin), hujumchi Vissam Ben-Yedder ("Monako") esa Liga 1da 23 bahsda 14 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru