Duglas Kosta faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
13 may 2021 12:53
Yangiliklar
Duglas Kosta faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
Braziliyalik vinger vataniga qaytishga yaqin.
30 yoshli futbolchi bilan "Gremio" bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
"Duglas bitim uchun maoshi kamayishiga ham rozi bo'ldi. Hozir biz bitim imzolashga yaqinmiz. Agar "Yuventus" Kostaga ketishga imkon bersa, biz u bilan kelisha olsak kerak", - deydi "Gremio" vice-prezidenti Markos Xermann.
Kosta Myunxenning "Bavariya" jamoasida ijara asosida o'ynamoqda.
Hujumkor yarim himoyachisi Bundesliganing joriy mavsumida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar