"Bavariya" vingeri "Barsa"ga o'tishi mumkin – muzokaralar davom etmoqda
14 iyu 2025 19:11
Yangiliklar
"Bavariya" vingeri "Barsa"ga o'tishi mumkin – muzokaralar davom etmoqda
Ispaniyaning "Barselona" jamoasi tarkibini "Bavariya" vingeri Brayan Saragosa bilan kuchaytirmoqchi.
Kataloniya klubi vakillari ayni paytda futbolchi bilan klubga o'tish borasida gaplashib, shaxsiy shartnoma shartlarini kelishmoqda, deb xabar beradi taniqli jurnalist Edu Agirre.

"Bavariya" Saragosani 2024 yilning yozida "Granada"dan 13 million evro evaziga sotib olgan va "Osasuna"ga ijaraga berib yuborgandi. U o'sha jamoa etakchisiga aylanib, Ispaniya terma jamoasiga chaqirila boshladi.
23 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida 27 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan va 6 ta golli pas uzatgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar